Aleksandr Sorvachev “Beeline”ning moliya direktori qilib tayinlandi
25.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Aleksandr Sorvachev moliya direktori qilib tayinlangani haqida habar beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ bosh direktori Aleksandr Vorobyov shunday dedi: “Aleksandr – telekom sohasida ulkan malakaga ega ekspert va boshqaruvchi. Uning xizmat ro‘yhatida BMT davlatlarining profil kompaniyalarida muvofiqlashtirish faoliyati katta o‘ringa ega bo‘lgani biz uchun juda muhim. “Beeline” tarmog‘ini kengaytirish avvaldagi kabi keng sarmoyalarni talab qiladi, shuning uchun bizning asosiy ustuvorliklarimizdan biri – samarali jarayonlarni qurish, va bu borada Aleksandrning malakasiga to‘liq ishonaman”.

beeline_25_06_2014

“O‘zbekiston bozorida “Unitel”ning yetishgan muvaffaqiyatlari menda katta taassurot qoldirdi, ayniqsa strategik rejalashtirish borasidagi kompaniyaning muvaffaqiyatlari, – deb belgiladi Aleksandr Sorvachev. – Biroq, sohaning dinamik tarzda rivojlanishi biz uchun ulkan istiqbollarni ochadi, shuning uchun respublikaning telekom sohasidagi yetakchisi bilan ishga ishtiyoq bilan kirishaman”.

Aleksandr Sorvachev 1968 yilda Nijniy Novgorod shahrida tavallud topgan. 1992 yili “Sanoatni rejalashtirish” mutaxassisligi bo‘yicha Nijegorod Davlat universitetining iqtisod fakultetini tamomlagan. Malaka oshirish doirasida Aleksandr iqtisod, moliya, boshqaruv va rahnamolik bo‘yicha turli trening va o‘quvlarda ta‘lim olgan. Shuningdek “Ernst & Young Academy of Business” korporativ o‘quv dasturi va Moskva boshqaruv maktabining “Skolkovo” o‘quv dasturlarida ishtirok etgan. 2012 yilda Stokgolm Iqtisod Maktabining “Executive MBA” diplomini olgan.

1997 yildan boshlab Aleksandr moliya va energetika sohalarida bir qator rahbarlik lavozimlarini egallagan. 2004 yilda uning karyerasi telekommunikatsiya sohasida boshlandi va 2013 yilning so‘ngiga qadar MTS kompaniyalar guruhida rivojlandi. Bu vaqt ichida u “Povoljye Severo-Zapad” makro-hududining analitik-reja bo‘limi rahbari lavozimidan Nijniy Novgorod, Ekaterinburg, Kiev va Moskva shaharlarida o‘z faoliyatini olib borgan holda “MTS Zarubejnie Kompanii” biznes-birligining kontrolling departamenti direktori lavozimigacha ko‘tarildi.

Mazkur vaqt ichida Aleksandrning asosiy yutuqlari – korporativ ochiq-oydinlikning ko‘tarilishi, tijorat, texnologik va operatsion kontrollingning samaradorligini oshirish, biznes rejalar va oldindan aytib berish jarayonlarining samaradorligini ko‘tarish, moliyaviy vazifalar tomonidan biznesning analitik qo‘llab-quvvatlashni ko‘tarish.

2014 yilning yanvar oyidan Aleksandr “Nijegorodskaya Sotovaya Svyaz” YoAJ moliya direktori lavozimini egalladi, u yerda u “Rostelekom” OAJ va “Tele2” mobil aktivlarning integratsiyasi bo‘yicha bitimning birinchi bosqichini tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etgan.

24 iyun kuni Aleksandr Sorvachev O‘zbekistondagi “Beeline”ning moliya direksiyasiga boshchilik qila boshladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq