“Facebook”dagi “Zo‘r-Zo‘r Cup” tanlovida minglab odamlar ishtirok etmoqda
23.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Facebook” tarmog‘idagi korporativ sahifasida futbol bo‘yicha jahon birinchiligiga bag‘ishlangan “Zo‘r-Zo‘r Cup” tanlovining yakunlarini sarhisob qilmoqda. Bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga o‘z bashoratlarini qoldirgan minglab foydalanuvchilar “Beeline” tanlovining ishtirokchilariga aylandilar.

beeline_23_06_2014

“Futbol bo‘yicha to‘rt yillikning eng muhim voqeasining yarimi o‘tdi: 32 o‘yin o‘ynaldi, 94 gol urildi, va bu yana hammasi emas, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva. — “Zo‘r-Zo‘r Cup” tanlovidagi foydalanuvchilarimizning yuksak faolliklari mazkur Jahon Chempionatiga bo‘lgan ulkan qiziqishning guvohidir. Tanlov qoidalari juda oson va ochiq-oydin – o‘yin hisobini topgan barcha ishtirokchilarga qo‘shilib boriladigan sovrin ballar beriladi, yig‘ilgan ballar natijasi bo‘yicha esa g‘olib aniqlanadi. Shuning uchun, tanlovga hali qo‘shilmagan foydalanuvchilar, hoziroq unga qo‘shilishlari mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, “Zo‘r-Zo‘r Cup” tanlovi g‘olibini bosh sovrin — Samsung Galaxy S III mini smartfoni kutmoqda. Ikkinchi o‘rinni egallagan ishtirokchi 3G Wi-Fi-routerni qo‘lga kiritadi, bronza sovrindori esa – USB-modemning egasiga aylanadi.

Tafsilotlar http://www.facebook.com/beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq