TATU magistri bo‘lish – katta sharaf!
22.06.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Stitched Panorama

21-iyun kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bitiruvchilarga magistrik diplomini topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. 2014-yil muvaffaiyat bilan dissertatsiya himoya qilgan 189 nafar TATU bitiruvchilari magistrlik darajasiga ega b o‘ldilar.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq mamlakatimizdagi ko‘plab oliy ta’lim muassasalari safida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham magistratura bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Magistratura bo‘limi universitetda 1999-2000 o‘quv yilida ochilgandi. O‘tgan yillar mobaynida oliy ta’lim muassasasi bag‘rida 1830 nafardan ortiq malakali kadrlar tayyorlanib, magistr darajasini beruvchi diplom olish baxtiga muyassar bo‘ldilar.

tuit_22_06_2014_1

Magistr — bu keng doiradagi bilimga ega, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan hamnafas, ilmiy tadqiqot ishlariga tayyor bo‘lgan mutaxassisdir. Chuqur bilimga ega mutaxassis-magistrlarni tayyorlashdan maqsad — yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Shu bois ham, universitetda magistrlarga har jihatdan davr talabiga javob beradigan chuqur nazariy va amaliy bilim berishni rejalashtirganlar. Ikki yillik o‘quv rejasi va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan magistranlar — magistr darajasiga erishshganliklarini tasdiqlovchi diplom olish baxtiga sazovor bo‘ladilar.

tuit_22_06_2014_2

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistrlarga diplom topshirish marosimi an’anaviy ravishda, tantanali, bayramona ruhda o‘tkaziladi. Ushbu marosimga hurmatli mehmonlar, ustozlar va ota-onalar bilan birga, barcha xohlovchilar taklif etiladi. Barchaning qalbi shodlikka to‘lgan. Magistrlar bilan bir qatorda, ustozlar va ota-onalar ham quvonadilar.

tuit_22_06_2014_3  tuit_22_06_2014_4

Bu yil ham an’anani davom ettirgan holda, qadrli magistrlarga diplom topshirish va ularni kelajak sari mustaqil hayotga kuzatish marosimiga barcha jam bo‘ldi. 2014-yilda 15ta mutaxassislik bo‘yicha 189 nafar magist-rantlar tanlagan ilmiy mavzulari bo‘yicha dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qilib, «Magistr» unvoniga ega bo‘ldilar.

tuit_22_06_2014_5

Universitetning 5ta fakultetida magistratura bo‘limi mavjud. Jumladan: Iqtisod va boshqaruv fakutetida 2ta mutaxassislik: «Menejment (tarmoqlar bo‘yicha)» va «Iqtisodiyot» mutaxassisliklarida o‘tgan yillar davomida 231 nafar magistr bitirgan bo‘lsa, bu yilgi bitiruvchi magistrlar soni 12 nafardir.

Kompyuter injenering fakultetida bu yil 4ta mutaxassislik: «Amaliy informatika», «Axborot multimededia texnologiyalari» «Axborot xavfsizligi», «Axborot xavfsizligi», «Kriptogrofiya va kriptoanaliz» bo‘yicha 62 nafar magistr tayyorlandi.

Dasturiy injiniring fakultetida bu yil bir mutaxassislik: «Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti» 23 nafar magistrlik diplomi himoya qilindi.

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida 5ta mutaxassislik: «Axborotni uzatish qurilmalari va tizimlari», «Axborot o‘lchov tizimlari», «Mobil aloqa tizimlari», «Radiotexnika qurilmalari va aloqa vositalari» va «Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari» bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi, shu kungacha fakultetni 848 nafar magistr tugatgan bo‘lsa, bu o‘quv yilida 74 nafar magistr tugatmoqda.

Kasbiy ta’lim fakultetida bu yil 2ta mutaxassislik: «Kasbiy ta’lim (Axborot multimedиa texnologiyalari)», «Axborot va kutubxonashunoslik» bo‘yicha 12 nafar magistrlar tayyorlandi.

Televizion texnologiyalar fakultetida bu yil 6nafar mutaxassis tayyorlandi.

tuit_22_06_2014_6

Universitetda magistrlarni bilim olish va ilmiy faoliyat olib borishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda katta fondga ega bo‘lgan axborot-resurs markazi, virtual laboratoriya ishlari va ma’ruza matnlari bilan boyitilgan elektron kutubxona magistrlar xizmatida. Bundan tashqari, internet tizimidan keng foydalanish ham yo‘lga qo‘yilgan. Bizning magistrlarimiz xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida ham malakalarini oshirib kelmoqdalar.

tuit_22_06_2014_7

Bu yilgi bitiruvchilarning magistrlik dissertatsiyalari yuqori darajada tayyorlanganligi Davlat attestatsiya Komissiyasi tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi. Ayniqsa, 20 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalarining chet tillarida himoya qilinganligi e’tiborga sazovordir.

tuit_22_06_2014_8

TATU magistraturasi mutaxassislar tayyorlashda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va tizimidagi korxonalardan tashqari, respublika hududida joylashgan xorijiy kompaniyalar, firmalar va banklarning filiallari bilan hamkorlik qiladi. Bular qatorida: «O‘zbektelekom», «Bilayn», «East Telecom» kabi bir qator kompaniyalar ham bor.

tuit_22_06_2014_9   tuit_22_06_2014_10

Kelajakda yanada yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida xorijiy mamlakatlar, jumladan, Hindiston, Malayziya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar universitetlari professorlarini taklif etish rejalashtirilgan. TATU Magistr bitiruvchilari kelgusida respublikamiz aloqa va axborotlashtirish sohasining yanada rivojlanishi uchun o‘z ulushlarini qo‘shadilar, deb umid bildiramiz.

tuit_22_06_2014_11

Omad yor bo‘lsin sizlarga, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2014-yil bitiruvchi — aziz magistrlari!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq