Endi “Beeline” ximatlari uchun to‘lovni ESAVDO.uz xizmati orqali amalga oshirish mumkin
20.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) ESAVDO.uz sayti orqali xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish imkonini bermoqda. Bu xizmat orqali kompaniya abonentlari UzCARD yordamida uylaridan chiqmagan holda on-line tizimida to‘lovlarni amalga oshirib o‘z hisoblarini qulay boshqara oladilar.

beeline_20_06_2014_1

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Innovatsion texnologiyalar bizga ko‘proq bo‘sh vaqt va tezkorlikni hadya qilgan holda hayotimizda mustahkam o‘rin egalladi. On-line to‘lovlarimizning texnologikligi va oson qo‘llanishi ularning ommabopligi va mijozlarimizning unga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatadi, shuning uchun biz bu borada qo‘yilgan har bir qadamni qo‘llab-quvvatlaymiz”.

ESAVDO.uz yordamida nafaqat “Beeline” uyali aloqa xizmatlarini to‘lash, balki UzCard bank kartasi orqali internet-do‘konlarga buyurtma qilib, u yerdan qilingan haridlarni ham to‘lash mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun UzCard online foydalanuvchilari yaqin oradagi bankomat yoki infokioskda SMS-xabarnomani yoqtirishlari zarur.

Tafsilotlar www.esavdo.uz va www.beeline.uz saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq