“Beeline Club” “Facebook”da ishqibozlar uchun “Futbolchini top” tanlovini o‘tkazmoqda
20.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ìdagi “Beeline Club” korporativ sahifasida “Futbolchini top” tanlovi boshlangai haqida e’lon qiladi. O‘yinlar ketma-ketligi futbol bo‘yicha Jahon Chempionatiga bag‘ishlangan va https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida bo‘lib o‘tmoqda.

“Biz “Facebook”da ikkita taniqli futbolchini – Andrea Pirlo va Daniel Alvesni – topishmoq sifatida keltirib ikki o‘yinni o‘tkazdik, — deydi “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva. — Ikki bosqich ham bir nafasda o’tdi, javob variantli va sharhlar yashin tezligida paydo bo‘la boshladi, barcha g‘olib bo‘lib JCh musobaqasini tomosha qilish uchun stol yutib olishni istar edi. Oldinda biz ishonchlarini albatta oqlaydigan futbol ishqobozlari uchun yanada qiziqarli ikki o‘yin rejalashtirilgan”.

beeline_20_06_2014

“Futbolchini top” tanlovining keyingi bosqichlari “Facebook” tarmog‘idagi “Beline Club” sahifasida 23 va 26 iyun kunlari soat 11:00 bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarga futbolchi topishmoq qilib beriladi, ular esa uning kimligini moderatorga savollar berib topishi kerak. Savollar faqatgina “Ha”, “Yo‘q”, “Ehtimol” variantlaridagi javoblarni ko‘zda tutadigan shaklda berilishi kerak. Futbolchining ismini birinchi bo‘lib topgan ishtirokchi ishqibozlar uchun ajoyib futbolka va “Bavariya Plaza” restoranida futbol musobaqasini tomosha qilish uchun stol yutib oladi. Yaqin oradagi o‘yinda – 24 iyun kuni Kosta-Rika – Angliya va 27 iyun kuni Jazoir-Rossiya JCh uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq