Koreya Respublikasining Axborot jamiyati milliy agentligi Prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19.06.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

kor_19_06_2014_2

Joriy yilning 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida Janubiy Koreya Respublikasi Prezidentining yurtimizga tashrifi doirasida Axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) Prezidenti janob Chang Kvang Su boshchilgidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Janubiy Koreyaning Axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) o‘rtasida memorandum imzolangan. 2014 yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining «Elktron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda Janubiy Koreyaning Axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Ushbu hujjat o‘zaro tajriba almashish, «elektron hukumat» tizimi doirasida davlat boshqaruvida idoralararo ma’lumotlar almashishning yagona tizimini samarali joriy qilishda hamkorlikda tadqiqotlar amalga oshirish, zamonaviy bilim va uslublarni o‘rganish, «elektron hukumat» tizimini joriy qilish doirasidagi loyihalarning samaradorligini baholash, davlat organlarida axborot resurslarini ishlab chiqish va boshqarish, davlat va fuqarolar (G2C), davlat va tadbirkorlik hamda davlat idoralarining o‘zaro hamkorligini (G2G) ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari, axborotlashtirish yo’nalishlarida istiqboldagi rejalar muhokama qilinib, fikr almashildi hamda ilg‘or loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Mazkur uchrashuv aloqa-axborotlashtirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikning yanada kengayishida navbatdagi qadam bo‘ldi deyish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq