Davlat muassalalariga telefon orqali murojaat qilish yanada soddalashtirildi
19.06.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “Call-center” xizmatining amaldagi (8-800-200-1818) telefon raqamiga qo‘shimcha ravishda yangi “1060” qisqa raqam ishga tushurildi.

Mamlakatimiz poytaxti va barcha viloyatlarida yashovchi fuqarolar, o‘zlarining shahar yoki mobil telefonlaridan ushbu qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Xizmat ko‘rsatish bepul — qo‘ng‘iroq uchun faqatgina shaxar ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqi ta’rifi bo‘yicha haq to‘lanadi.

Shuni eslatib o‘tamizki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “Call-center” xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish yo‘li bilan, murojaat etuvchi o‘zining ariza, shikoyat yoki takliflarini davlat muassasalariga yo‘llashlari mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq