Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi
19.06.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

kor_19_06_2014_3

2014 yilning 16 iyun kuni Janubiy Koreya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida axborot texnologiyalari sohasida Koreyaning yetakchi – «LG CNS» kompaniyasi rahbari Kim De Xun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil Janubiy Koreyaga tashrifidan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasida aloqa-axborotlashtirish sohasida mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Xususan, yurtimizda «elektron hukumat» tizimini joriy qilinishida Janubiy Koreya davlatimizning yaqin hamkori hisoblanadi.

Uchrashuvda dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqish yuzasidan aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, hamkorlikda idoraviy hamda ishlab chiqarishga joriy qilishga mo‘ljallangan, «elektron hukumat» tizimi hamda mamlakat iqtisodiyotining barcha jabhalari uchun zarur dasturiy mahsulotlar sanoatini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, mazkur hamkorlik O‘zbekistonda xalqaro talablar asosida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatini yaratish hamda «elektron hukumat» tizimining samarali tashkil etilishida muhim ahamiyat aksb etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq