Abituriyentlar diqqatiga! Toshkent shahridagi Inxa universitetiga imtihon topshirish uchun hujjatlar qabul qilish to‘xtatilishiga 2 kun qoldi!
19.06.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

inha_19_06_2014

2014 yilning 6 iyunidan 20 iyuniga qadar Toshkent shahridagi Inxa universitetiga o‘qish istagida bo‘lgan yoshlardan imtihon topshirish uchun zarur hujjatlarni qabul qilish jarayoni davom etadi. Ayni paytda Toshkent shahridagi Inxa universiteti binosida kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgani tufayli universitet qabul komissiyasi Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litseyda faoliyat ko‘rsatmoqda. Akademik litsey Olmazor tumani, Umid ko‘chasi, 1 «a» uyda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, universitetga kirish istagida bo‘lgan yoshlar joriy yilning 7 mayidan 20 iyuniga qadar avval Toshkent shahridagi Inxa universitetining www.inha.uz veb-saytidan onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Toshkent shahridagi Inxa universitetiga imtihon topshirish uchun hujjatlar qabul qilish to‘xtatilishiga 2 kun qolganini inobatga olib, universitetda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan zarur hujjatlarni zudlik bilan topshirishlarini so‘raymiz.

Abituriyentlarga qulay shart-sharoit yaratib berish maqsadida, Qabul komissiyasi har kuni 9:00 dan 18:00 ga qadar, shuningdek shanba hamda yakshanba kunlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Matematika va fizika fanlaridan yozma imtihonlar joriy yilning 6 iyul kuni, ingliz tilida suhbat 27 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Imtihon javoblari 8 avgust kuni e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan qo‘ng‘iroq qilish uchun telefon raqamlari: +998 71 238-43-48; 238-43-58.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq