UNIVERSALBANK – yangi bank-hamkorimiz!
18.06.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

uni_17_06_2014

CLICK kompaniyasi tizimga yana bir bank-hamkor — XOATB “UNIVERSALBANK”ning qo‘shilganligi haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi.

CLICK tizimining bank-hamkorlar qatoriga yana bir bank – XOATB “UNIVERSALBANK” qo‘shildi. Endilikda oflayn-kartalar egalari va kartaga ega bo‘lmagan shaxslar UNIVERSALBANK filiallariga murojaat qilib, CLICK tizimiga ulanishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin CLICK mobil va internet-banking tizimining barcha afzalliklaridan bahramand bo‘lish mumkin:

  • О‘z hisob-varaqlarini boshqarish va mobil telefon orqali to‘lovlarni amalga oshirish;
  • Telefon hisobida mablag‘ qolmagan taqdirda ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoni;
  • Barcha to‘lovlarga komissiya 0%;
  • Turli banklarda ochilgan barcha hisob-varaqlarni boshqarish;
  • To‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri plastik karta yoki bankdagi hisob-varaqdan o‘tkazish;
  • Mobil telefon orqali boshqarayotganda internetga ulanish va telefonga qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish talab qilinmaydi;
  • Barcha operatsiyalar to‘g‘risida SMS-xabarnomalarni olish va boshqalar.

Eslatib o‘tamiz, CLICK tizimiga ulanish uchun UNIVERSALBANK va O‘zbekiston Respublikasi qolgan banklarining onlayn plastik karta egalari avvalam bor, bankomat orqali “SMS-xabarnoma” xizmatini ulashlari va undan so‘ng quyidagi USSD-so‘rovni: *880*0*karta raqami *amal qilish muddati # o‘z mobil telefonlaridan terishlari kerak.

CLICK mobil va internet-banking tizimiga UNIVERSALBANK’ning barcha filiallarida ulanish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq