Beeline Club Facebookda JCh 1/8 finali musobaqalarini tomosha qilish uchun stollar yutib olish tanlovini o‘tkazmoqda
18.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) 28 iyun va 1 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatining 1/8 finalining ikki musobaqasini tomosha qilish uchun Brazil restoranida stollar yutib olish tanlovi haqida e’lon qiladi. Tanlov bugun soat 18:00da Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Beeline Club” sahifasida boshlanadi.

beeline_18_06_2014_1

“Yanada ko‘p ishtirokchilar o‘yinda ishtirok etib o‘z ijodlarini ko‘rsatishlari uchun, biz abonentlarimiz uchun oson va ochiq-oydin tanlovlarni taqdim etilishi tarafdorimiz, — deydi “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva. — 28 iyun kuni 1/8 final jamoa-ishtirokchilari aniqlanadi, va nafaqat futbolchilar orasida, balki sahifamiz ishtirokchilari orasida hayajonlar kuchayadi. Ishtirokchilarga o‘ziga hoslik va g‘oliblik tilaymiz!”

beeline_18_06_2014_2

“Beeline” o‘yinida — 28 iyun va 1 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan ikkita 1/8 final musobaqalari. Tanlovda ishtirok etish uchun “Beeline Club” sahifasining ishtirokchilari chop etilgan rasmga qiziqarli nom o‘ylab topib, uni shaxsiy sahifalarida bo‘lishishlari zarur. Birinchi o‘yinda 27 iyunning 12:00gacha, ikkinchi o‘yinda esa 30 iyunning 12:00gacha o‘z yozuvi ostida eng ko‘p “Like” belgisini to‘plagan ishtirokchilar Brazil restoranida futbol bo‘yicha Jahon Chemponatining 1/8 final musobaqasini tomosha qilish uchun stol yutib oladilar. Ikki g‘olibning ismlari o‘yindan bir kun avval e’lon qilinadi.

Tafsilotlar https://www.facebook.com/beelineclub saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq