Maksim Yefremov “Beeline”ning tijorat direktori lavozimiga tayinlandi
17.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Maksim Yefremovni tijorat direktori lavozimiga tayinlanganligi haqida e’lon qiladi. U kompaniyada o‘z faoliyatini may oyida tugatgan Dmitriy Grigoryevni o‘rnini egalladi.

beeline_17_06_2014_1

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ bosh direktori Aleksandr Vorobyov quyidagilarni qayd qildi: “Kompaniyaning mazkur rivojlanish paytida tijorat direksiyasining ahamiyati juda muhim. Uning rahbari oldida kompaniyaning O‘zbekistondagi yetakchiligini mustahkamlash, innovatsion yechimlarni joriy qilish va bozorga yangi qiziqarli xizmat va tariflarni chiqarish kabi jiddiy vazifalar turmoqda. Ishonaman, Maksim o‘zining ulkan tajribasi bilan abonentlarning ishonchini oqlay oladi”.

““Beeline” ham sifatli xizmat ko‘satish, ham marketing va savdolar bo‘yicha rivojlanishning aniq strategiyasiga ega, – deb belgiladi Maksim Yefremov. – So‘ngi yillar davomida kompaniyaning tijorat direksiyasida yuksak natijalarga mo‘ljal qilgan o‘z ishining ustalari bo‘lgan jamoa shakillantirilgan. Oldinda xizmat ko‘rsatishning darajasini ko‘tarish, eng oldi texnologiyalarni qo‘llagan holda internetizatsiya qilish, shuningdek elektron to‘lovlar tizimini kengaytirish bo‘yicha juda ko‘p ishlar bor. Eng muhimi bizda ham intilish, ham mijozlar uchun bularning barchasini amalga oshirish uchun imkoniyatlarimiz ham bor”.

Maksim Yefremov 1978 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. 1999 yili Qoraqalpog‘iston Milliy universitetining iqtisod fakultetini tamomlagan.

Maksimning ish faoliyati “Asaka” bankining Qoraqalpog‘iston filialida boshlangan. U yerda 1999 yildan 2001 yilgacha kredit bo‘limining mutaxassisi lavozimidan boshqaruvchining o‘rinbosari lavоzimigacha ko‘tarilgan, va so‘ngi lavozimida ikki yilga yaqin vaqt ishlagan.

2003 yildan 2006 yilgacha Osiyo Rivojlanish Bankining “Qoraqalpog‘istonda hayot darajasini ko‘tarish” loyihasining “Lizing” komponentida ishtirok etgan.

2006 yilda “VimpelCom” tizimida Maksimning karyerasi Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi kompaniya mijozlariga xizmat ko‘rsatuvchi “Unitel” MChJ G‘arbiy hududiy filialining tijorat direktori lavozimidan boshlandi. Bu yerda u keng dilerlik tarmog‘ini qurishni uddaladi va 2007 yilda hududda abonentlar soni bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

2008 yilda “Unitel”ning savdolar bo‘yicha xizmati rahbari qilib tayinlangan. Bu lavozimda uyali aloqa xizmatlari savdosini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish va mijozlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda savdo tarmog‘ini rivojlantirish uning vazifalariga kirdi. Maksimning rahbarligi chog‘ida uning bo‘limi ham ma’suliyat doirasi ham o‘z hajmlarini kengaytirdi, va 2012 yilning sentyabr oyida u ommaviy bozorda savdolar bo‘yicha derektori lavozimi egalladi.

2014 yilning iyun oyida O‘zbekistondagi “Beeline”ning tijorat direktori lavozmini egalladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq