Jahon Chempionatiga Braziliyada “Beeline” roumingi kengaymoqda
17.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) xalqaro ovozli rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Endilikda CAMEL-rouming xizmati Oi (Braziliya) hamkorlik tarmog‘ida amal qiladi.

beeline_17_06_2014

“Butun dunyoning diqqat-e’tibori futbol bo‘yicha Jahon Chempionati o‘tkazilayotgan Braziliyaga qaratilgan, barcha ishqibozlar g‘alaba quvonchi va yorqin hayajonlari bilan o‘z yaqinlari bilan bo‘lishishni istaydilar, — deya voqeani sharhlaydi “Unitel”ning texnik direktori Denis Kotlyarenko. – Kompaniyamiz eng ommabop sayohat va ish yuzasidan bo‘lgan yo‘nalishlarga rouming-hamkorlarning tanlash imkoniyatlarini kengaytirgan holda doimo abonentlarga qiziq bo‘lgan so‘ngi habarlarni kuzatib boradi”.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar — jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq