“Beeline” Odnoklassniki saytida “Ajoyib futbol” tanlovini o‘tkazmoqda
16.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘idagi korporativ sahifasida futbol bo‘yicha Jahon Chempionatiga bag‘ishlangan “Ajoyib futbol” tanlovini o‘tkazmoqda. Dunyo birinchiligi davomida 12 iyundan 13 iyulgacha har kuni sahifa foydalanuvchilariga musobaqalarning hisobini topib olish taklif qilinadi. Birinchi bo‘lib uchrashuv natijasini topgan ishtirokchi “Beeline O‘zbekiston”dan eksklyuziv ishqibozlar futbolkasini qo‘lga kiritadi.

beeline_16_06_2014_1

“Biz futbol ishqibozlari uchun “Ajoyib futbol” nomli navbatdagi qiziqarli va ochiq-oydin tanlov tayyorladik”, — deya voqeani sharhlaydi “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva. — “Odnoklassniki”dagi foydalanuvchilarimiz soni yarim milliondan otriq, eng asosiysi esa – sovrinlar soni Jahon Kubogining musobaqalari soniga teng”.

Javob variantlari Odnoklassniki‘dagi “Beeline Uzbekistan” sahifasidagi barcha foydalanuvchilardan mazkur kunning 10:00dan 18:00gacha qabul qilinadi. Tafsilotlar www.ok.ru/beeline_uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq