“UzReport TV” telekanali va “Beeline” “Biz futbol ishqibozimiz!” tanlovini o‘tkazmoqdalar
13.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

UzReport TV telekanali va eng yirik aloqa operatori Beeline (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Braziliyadagi FIFA-2014 Jahon Kubogi doirasida “Biz futbol ishqibozimiz” havaskor videotasmalar tanlovi o‘tkazilishini e’lon qilishadi.

beeline_13_06_2014_2

UzReport TV telekanali va eng yirik aloqa operatori Beeline (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Braziliyadagi FIFA-2014 Jahon Kubogi doirasida “Biz futbol ishqibozimiz” havaskor videotasmalar tanlovi o‘tkazilishini e’lon qilishadi.

Voqeani sharhlar ekan, UzReport TV telekanalining bosh muharriri Dilshod Sultonov shunday dedi: “Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati – bu milliardlab insonlarni birlashtiradigan muhim sport voqeasi. Bu sport, shunday ekan – bu hissiyotlar, va ishqibozlar uchun nafaqat sovrinlar, balki o‘z dunyoqarashini ko‘rsatish ham muhimligini inobatga oldik. Bizning tanlov, futbolning aynan ijodiy va serzavq ishqibozlari uchun, ularning har birida keng auditoriya bilan videotasmasini bo‘lishish imkoniyati bor”.

Tanlovda ishtirok etish uchun Jahon Chempionati paytida qanday qilib futbolga ishqibozlik qilingani haqida qiziqarli videotasmani suratga olish kerak. Yorqin hissiyotlar, ishqibozlikning noyob turlari, sevimli jamoani madh qiluvchi she’r va qo‘shiqlar, noyob montaj va effektlar – bularning barchasi qo‘llab-quvvatlanadi! Bir daqiqadan oshiq bo‘lmagan tayyor videotasmani istalgan video-serverlardan biriga joylashtirish, undan olingan havolani esa o‘z ismi, shaxsiy ma’lumotlari va “Tanlovga ariza” belgisi bilan fifa2014@uzreport.com manzili bo‘yicha yuborish zarur. Tanlov uchun arizalar – 2014 yilning 12 iyunidan 15 iyuligacha qabul qilinadi. Tanlovga faqat mualliflik ishlar qabul qilinadi.

“Shunday noyob tanlovda ishtirok etishdan xursandmiz, va loyihani boshlovchisi sifatida chiqqan UzReport TV telekanalining bizga bo‘lgan ishonchini qadrlaymiz, – deydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Ishonchim komil, bu tanlov nafaqat innovatsionligi, balki yorqinligi bilan ham katta qiziqish uyg‘otadi”.

Olingan videotasmalardan eng qiziqarlilari futbol bo‘yicha Jahon Chempionati mobaynida doimiy ravishda UzReport TV telekanalining efirida namoyish etiladi.

Eng yaxshi ishlarning mualliflari tanlov tashkilotchilari tomonidan 2014 yilning 20 iyuliga qadar aniqlanadi, va tomoshabinlar e’tiboridan tashqari qimmatbaho sovg‘alarni ham qo‘lga kiritishadi:

  • I o‘rin –Samsung Galaxy Note 10.1 plansheti
  • II o‘rin –Samsung Galaxy SIII mini smartfoni
  • III o‘rin – 3G Wi-Fi-router

Tafsilotlar http://uzreport.uz/fifa2014 saytida

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq