“O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi Aksiyadorlari diqqatiga!
13.06.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

“O‘zbektelekom” AK Sizni 2014-yil 27-iyun kuni soat 08:00 da Toshkent shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 28-a uyda joylashgan Kompaniya binosining Majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga taklif etadi.

KUN TARTIBI:

1. “O‘zbektelekom” AK Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
2. “O‘zbektelekom” AKning 2013-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati hisoboti to‘g‘risida.
3. “O‘zbektelekom” AKning 2013-yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha taftish komissiya xulosasini tasdiqlash to‘g‘risida.
4. “O‘zbektelekom” AKning 2013-yil natijalari bo‘yicha sof foydani taqsimlash va dividendlar to‘lash to‘g‘risida.
5. “O‘zbektelekom” AKning 2014-yilga auditorini tasdiqlash va auditor xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash to‘g‘risida.
6. “O‘zbektelekom” AK Kuzatuv Kengashining 2013-yil yakunlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida.
7. “O‘zbektelekom” AK Kuzatuv Kengashi a’zolarining yangi tarkibini saylash to‘g‘risida.
8. “O‘zbektelekom” AK Taftish komissiyasi a’zolarining yangi tarkibini saylash to‘g‘risida.
9. “O‘zbektelekom” AK Bosh direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomani bir yil muddatga uzaytirish to‘g‘risida.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki ularning vakillarini notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish soat 07:00 dan 08:00 gacha amalga oshiriladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga xabar berish uchun reyestr 2014-yil 9-iyun holatiga tuzilgan.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar reyestri 2014-yil 24-iyun holatiga tuziladi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bilan bog‘liq hujjatlar bilan Toshkent shahar, A. Navoiy ko‘chasi, 28-a uyda tanishish mumkin. (info@uztelecom.uz)

Ma’lumot uchun telefonlar: 239-23-81, 239-23-78, 239-23-55.

“O‘zbektelekom” AK Kuzatuv Kengashi

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq