“Beeline” ISO 9001:2008 xalqaro talablariga Muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi
13.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (MChJ “Unitel” va QK “Buzton”) kompaniya faoliyatining ISO 9001:2008 xalqaro standarti talablariga mosligini bu gal ham tasdiqladi. Korxonaning resertifikatsion auditi 2014 yilning aprel oyida sertifikatsiya bo‘yicha Russkiy Registr – Srednaya Azia xalqaro organi tomonidan o‘tkazildi.

Mazkur voqeani sharxlar ekan, Russkiy Registr – Srednaya Azia MChJ direktori Andrey Kim shunday dedi: “Bizning audit “Unitel”da qabul qilingan va joriy qilinayotgan jarayonlar dunyoning yuksak talablariga mos kelishini tasdiqladi. Ishonamanki, ISO 9001:2008 ga bir necha bor muvofiqligi tasdiqlagan kompaniyada o‘zining an’anaviy yuqori sifatli xizmati bilan O‘zbekiston bozorida yanada ajoyib natijalarga erishish uchun barcha imkoniyatlari mavjud”.

beeline_13_06_2014

“Unitel” MChJga sifat menejmenti standartlariga (SMS) muvofiqligini tasdiqlovchi uch sertifikat berildi: Xalqaro akkreditatsiyali sertifikat, mahalliy akkreditatsiyali sertifikat va IQNet yagona xalqaro namunadagi sertifikat. IQNet yagona xalqaro namunadagi sertifikat, zarurat bo‘lganida, qo‘shimcha tekshirishlarsiz Unitel MChJga IQNet sertifikatsiyasi bo‘yicha Xalqaro Organlar Assotsiatsiyasi a’zolari bo’lmish 50dan ortiq mamlakatlardan birining sertifikatini rasmiylashtirish imkonini beradi.

beeline_13_06_2014_1

“Mazkur voqea – brendimizga va uning sifat menejmenti tizimiga bo‘lgan ishonch belgisidir, – deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – “Beeline”ning strategik ustuvorliklaridan biri mijozlarimiz uchun aloqa xizmatlari va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘lib qolmoqda, buning uchun esa avvalom bor kompaniya ichidagi boshqaruvning samarador mexanizmlari kerak bo‘ladi”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq