CLICK tizimiga jalyuzi — yetkazib beruvchi yangi internet-do‘koni COMBO.UZ ulandi
12.06.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

combo_12_06_2014

CLICK foydalanuvchilariga COMBO.UZ internet-do‘konida to‘lash imkoni ishga tushirildi!

CLICK tizimiga yangi hamkor qo‘shildi – COMBO.UZ jalyuzi internet-do‘koni! Endi CLICK foydalanuvchilari COMBO.UZ saytida taqdim etilgan keng ko‘lamli jalyuzilardan birini tanlab, o‘z buyurtmalarini CLICK tizimi orqali plastik kartalaridan to‘lash imkoniga ega bo‘ldilar!

Jazirama yoz mavsumi boshlangach uyda shinambaxsh soyani tashkil qiluvchi jalyuzilarni o‘rnatish dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Kompaniya saytida turli dizayn va interyerlarga mos keluvchi jalyuzilarning keng assortimenti taqdim qilingan. Kerakli bo‘lgan jalyuzini tanlab, endi shu zahoti, uydan chiqmasdan turib, plastik kartadan buyurtmaga to‘lash imkoni yaratildi. Bu esa, albatta, yozning issiq kunlarida ma’qul keladigan bir holdir. Buning uchun jalyuzini tanlab, “Savat” bo‘limiga o‘tish va “CLICK orqali to‘lash” tugmasini bosish kerak.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq