“Beeline” Jahon Chempionati mobaynida ommabop sport saytlaridan bepul foydalanish imkonini beradi
12.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) 12 iyundan 13 iyulga qadar futbol bo‘yicha jahon Kubogi o‘tkazilishi doirasida avvaldan to‘lov hisob sistemasi abonentlari uchun eng ommabop sport saytlaridan bepul foydalanishni ochadi.

beeline_12_06_2014

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamotchilik bilan aloqalar xizmati direktori Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Jahon chempionatini namoyish qilish bo‘yicha Bosh homiy bo‘lib, “Beeline” ishqibozlar uchun ajoyib sovg‘a qildi. Bugun tarmoqdan chiqmasdan musobaqalarni kuzatishni istagan millionlab internet-foydalanuvchilarimizni xursand qilmoqchimiz. Bu innovatsion qaror muvaffaqiyatli bo‘ladi, deb umid qilaman”.

“Beeline” abonentlari www.sports.ru, www.liveresult.ru va www.sports.uz portallaridan bepul foydalanishlari mumkin.

Nolli tarifikatsiya yuqorida ko‘rsatilgan saytlarda faqat ko‘rsatilib, o‘zga resurslarda joylashtirilgan boshqa mediaobyektlarga (ijtimoiy tarmoqlar vidjeti, videofayllar) amal qilmaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq