“Beeline” futbol bo‘yicha dunyo chempionati davomida Facebookda “Zo‘r-Zo‘r Cup” tanlovini o‘tkazadi
10.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Facebook ijtimoiy tarmog‘ining korporativ sahifasida futbol bo‘yicha dunyo birinchiligiga bag‘ishlangan “Zo‘r-Zo‘r Cup” tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi. Futbol bo‘yicha Dunyo Chempionati davomida har kuni sahifa foydalanuvchilariga har bir o‘yinning hisobini topish taklif etiladi. 12 iyundan 13 iyulga qadar tanlov ishtirokchilariga sovg‘a ballari qo‘shiladi, ularning yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

“Ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlarimiz orasida ko‘plab muxlislar bor, Dunyo Chempionati esa – to‘rt yillikning eng asosiy futbol voqealaridan biridir, — deydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Avvaldagi shunga o‘xshash o‘yin loyihalarining misolida, “Zo‘r-Zo‘r Cup” Facebookda katta talabga ega bo‘lishiga ishonamiz. Boshqa maydonchalarda ham shunga o‘xshash tanlovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz”.

beeline_10_06_2014

“Zo‘r-Zo‘r Cup” tanlovi g‘olibini bosh sovrin — Samsung Galaxy S III mini smartfoni kutmoqda. Ikkinchi o‘rinni egallagan ishtirokchi 3G Wi-Fi-routerni qo‘lga kiritadi, bronza sovrindori esa – USB-modemning egasiga aylanadi. Braziliya va Xorvatiya terma-jamoalari o‘rtasidagi o‘yin natijalari haqidagi birinchi savol ertaga 11 iyun kuni soat 10:00da beriladi.

Tafsilotlar http://www.facebook.com/beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq