Bir oy davomida Bosh direktor abonentlarning yuzlab savollariga javob berdi
06.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish uchun yaratilgan bosh direktorning shaxsiy pochta qutisining bir oylik faoliyatini sarhisob qilmoqda. 6 maydan 6 iyunga qadar kompaniya abonentlari GD@beeline.uz manzili bo‘yicha 200ga yaqin elektron xatlar yuborib, Aleksandr Vorobyovning shaxsan o‘zidan javob oldilar.

“Abonentlarning faolligi va nafaqat muammolar, balki yaxshi taassurotlari bilan ham ulashishlari meni quvontirdi, — deydi “Unitel” MChJ bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – Buning ustiga murojaatlar keng mazmunda bo‘ldi: mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha savollardan tortib, u, yoki bu innovatsiyalarni joriy qilish takliflarigacha. Rostini aytsam, bu loyiha boshlanganida eng asosiy mavzu aloqa sifati va mobil Internet haqida bo‘lishini kutgandim, lekin reytingning birinchiligini simli Internet egalladi, shuning uchun biz bu yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirdik”.

GD@beeline.uz qutisiga yuborilgan bir dona xat ham javobsiz qolmadi, qator murojaatlar bo‘yicha esa aniq masalalarni yechish borasida kerakli rahbar va mutaxassislar jalb qilindi.

“Bir oy o‘tib, hozir ishonch bilan aytishim mumkin, bu nafaqat qiziqarli, balki foydali tajriba bo‘ldi. Menga turli viloyatlardan yozishadi va iste’molchi bilan bevosita muloqot ko‘p narsalarning tushunchasini kengaytiradi. Birinchi kunlari ko‘p sonli xatlar shaxsiy vaqtimni egalladi, lekin hozir bu muloqot kanali ish jarayonining to‘liq qismiga aylandi”, – dedi Aleksandr Vorobyov.

Eslatib o‘tamiz, GD@beeline.uz elektron manzili doimiy ravishda amal qiladi, kompaniya yozuvlarning maxfiyligini kafolatlaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq