“Fauna. O‘zbekistonning noyob hayvonlari” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
05.06.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

mark_5_06_2014

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi tomonidan 2014 yil 30 maydan “Fauna. O‘zbekistonning noyob hayvonlari” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va O‘zbekiston hududida yashaydigan noyob hayvonlar tasvirlangan.

Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FAUNASI” yozuvi joylashgan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37×37 mm. Pochta blokining o‘lchami 100×90 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37×37 mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

mark_5_06_2014_1 mark_5_06_2014_2
№1085 №1086

1085. «Chlamydotis undulata» (Yo‘rga tuvaloq). Nominali — 1000 so‘m
1086. «Tetrax tetrax» (Bizgaldoq).Nominali – 1300 so‘m

Pochta markalarning adadi 10 ming nusxadan.

mark_5_06_2014_3

№1087

1087. «Saiga tatarica» (Saygoq). Nominali – 3200 so‘m.

Pochta blokining adadi 7 ming nusxa.

Rassom – Gabzalilov Yu.
Dizayner – Kaneves Ye.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq