“Beeline” Marhamat tumanida aloqani to‘liq tikladi
04.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) binolardan birida yong‘in natijasida baza stansiyasi ishdan chiqqan Andijon viloyatining Marhamat tumanida aloqa xizmati tiklangani va barcha servislarning yangilanganligi haqida xabar beradi.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning texnik direktori Denis Kotlyarenko shunday dedi: “Shanba kunidagi hodisa natijasida yong‘in ostida qolgan baza stansiyasi bilan birga 24 baza stansiyasi ishdan chiqdi. Mutaxassislarimiz alternativ yo‘llar orqali aloqa kanallarini yo‘naltirgan holda, aloqani to‘liq hajmini tiklay oldilar”.

Eslatib o‘tamiz, Marhamatdagi “Beeline”ning asosiy baza stansiyasi yong‘indan zarar ko‘rgan binoning ijaradagi tomida joylashgan edi.

“Bugungi kunda keng miqyosli o‘chib qolish oqibatlari to‘liq bartaraf etildi, va avval mavjud 24 baza stansiyadan 23tasi ishlamoqda, — deydi “Unitel”ning Sharqiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. – Tushunarli sabablarga ko‘ra, olovdan zarar ko‘rgan antennani ta’mirlashning iloji yo‘q, lekin uni almashtirish vaqtida zahiradagi quvvatga ega qo‘shni stansiyalarga yukni taqsimlay oldik. Marhamat tumanining avvalgi qoplami to‘liq tiklandi”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq