“Beeline” Andijon viloyatining Marhamat tumanida aloqa darajasini tiklash ishlarini olib bormoqda
03.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Andijon viloyatining Marhamat tumanida qayta tiklash ishlari olib borilayotganini xabar bermoqda. 31 may shanba kuni Marhamat tumanining shahar binolarining birida yong‘in sodir bo‘ldi, buning natijasida ijaraga olingan tom maydonida “Beeline”ning baza stansiyasi ishdan chiqdi.

“Afsuski, yong‘in haqida eshitmagan yaqin oradagi tuman aholisi ham uning oqibatini sezishdi, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning texnik direktori Denis Kotlyarenko. – Gap shundaki, olovdan deyarli yo‘q bo‘lib ketgan baza stansiyasi asosiy bo‘lib, uning ishdan chiqishi oqibatida, yigirmadan ortiq baza stansiyalar o‘chgan. Albatta, barcha imkoniyatlarni jamlagan holda, uskunalarning ishini yangilash bo‘yicha ulkan harakatlarni amalga oshirmoqdamiz”.

Qayta tiklash ishlarining natijalari haqida kompaniya yaqin vaqt ichida xabar beradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq