“Beeline” 22-25 may kunlari avtomatik yangilanishga duch kelgan iPhone egalariga bonuslarni taqdim etadi
03.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) 22-25 may kunlari dasturning avtomatik tarzda yangilanishi tufayli xisoblaridan mablag‘ yechilib olingan va call-markaziga murojaat qilgan iPhone 5S egalariga bonusli internet-paketlarni taqdim etadi.

beeline_3_06_2014

Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning marketing xizmati rahbari Hilola Karimbayeva shunday dedi: “Butun o‘tkan hafta biz iPhone egalarining xisoblaridan bir vaqtning o‘zida katta miqdordagi Megabaytlar yechilib olish sabablarini aniqladik. Tekshirilgan raqamlarning aksariyatida www.apple.com saytining bo‘limlaridan birida aktiv tarzda ma’lumotlar almashuvi bo‘lganini mutaxassislarimiz aniqladilar. Tushunishimcha, ushbu muammo faqat “Beeline” abonentlarida paydo bo‘lmagan, shuning uchun bu yerda operatorlarning hech qanday aybi yo‘q. Shunga qaramay, “Beeline” mazkur voqeani tushungan holda, call-markaziga shunday shikoyatlar bilan murojaat etgan barcha abonentlarga bonusli 300 Megabayt taqdim qilishga qaror qildi”.

Bir necha kun ichida “Beeline”ning mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatiga 22-25 may kunlarida bir vaqtning o‘zida trafik sarflangani bo‘yicha yuzdan ortiq murojaatlar bo‘lgan. Barcha abonentlarga mablag‘ yechib olingani isbotlangandan so‘ng Internet paketlar taqdim etiladi.

“Kelajakda shunday voqealarni bartaraf etish uchun, hozirda biz “Apple”dagi hamkasblarimiz bilan maslahatlashmoqdamiz, — deydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Aslida bu avtoyangilanishning bir turi, va uni oldini olish uchun smartfonning sozlamalarida uni avvaldan taqiqlab qo‘yish lozim. Lekin, mijozlarimizning qulayliklarini qadrlagan holda, shuningdek, voqeaning noyobligini xisobga olgan holda, kompaniya abonentlariga yordam beradi. Bu hamkorlarimiz bilan bo‘lgan voqeani to‘g‘rilaydi deb umid qilaman”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq