“Beeline” “Be on-line”ning birinchi g‘oliblarini aniqladi
02.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) “Beeline Club” bonusli dasturining barcha ishtirokchilari uchun “Be on-line” loyihasining birinchi natijalarini sarhisob qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 26 dekabr kuni ularning har biri asosiy sovrin — Samsung Galaxy Note 14ta planshetlaridan birining egasiga aylanishlari mumkin.

30 may kuni soat 20:00da FM 101 O’zbegim Taronasi radiosining jonli efirida “Be on-line” sovrinlarli o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘yin boshlanishiga qadar (dushanbadan yakshanbagacha 19-25 may qadar) o‘z ballarini bonus paketiga almashtirgan, yoki “Beeline Club”ga a’zo bo‘lganlar ishtirok etishdi. FM 101 to‘lqinidagi jonli efir natijalariga ko‘ra yangi Samsung Galaxy S3 mini smartfonining egasi aniqlandi.

beelineon_1_06_2014

Qashqadaryo viloyatidan Mansurbek Abdiyev (ХХ) Х23 94 75

beelineon_1_06_2014_1

Shuningdek, jonli efir chog‘ida taniqli aktyor Umid Iskandarov bilan nazoratli harid bo‘lib o‘tdi. U Caravan restoranida bo‘lib tushlikka buyurtma berdi, va “Beeline Club Platinum” kartasidan foydalanib “Beeline Club” bonusli dasturining hamkoridan 20% chegirmani qo‘lga kiritdi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq