1 iyun kuni “Beeline” Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari orasida bouling bo‘yicha musobaqaning homiysi bo‘ldi
02.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Halqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan bouling bo‘yicha musobaqada homiy bo‘ldi. Musobaqa 1 iyun kuni poytaxtdagi “Galaxy Bowling” sport-ko‘ngilochar klubida “Bolalar – bizning kelajagimiz” shiori ostida 21,22,23-mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari orasida bo‘lib o‘tdi.

beeline_1_06_2014

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva shunday dedi: “Bugun biz “Galaxy Bowling”ga barcha bolajonlar uchun katta bayram tuhfa qilish uchun keldik. Ko‘ngilochar dastur hech bir bola ahamiyatsiz qolmaydigan qilib tuzildi. Eng muhimi: bolalarning yuzlaridagi quvonchni ko‘rib aytish mumkin, bu ish uddalandi”.

beeline_1_06_2014_1

beeline_1_06_2014_2

Animatorlar va ertak qahramonlari bolajonlarga ko‘pgina kutilmagan sovg‘alar va qiziqarli o‘yinlarni tayyorladilar. Yosh sportchilarni bayram bilan tabriklash uchun taniqli honanda Sardor Rahimxon ham keldi, va bir necha qo‘shiqlarini ijro etdi. Keyin tarbiyalanuvchilar eng kuchli terma jamoa unvoni uchun guruhlarga bo‘linib bouling o‘ynashdi. Musobaqa yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, va barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik diplom va sovg‘alar bilan mukofotlandilar.

beeline_1_06_2014_3

beeline_1_06_2014_4

Bolalarga unutilmas quvonch onlarini hadya qilgan tadbir “Galaxy Bowling” kegel sporti federatsiyasining Toshkent bo‘limi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq