“Beeline” IT-mutaxassislari uchun vakansiyalar ko‘rgazmasida ishtirok etadi
30.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) 31 may kuni aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar uchun vakansiyalar ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Tadbir Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining (TATU) sport kompleksida IT-mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchi va talabalari, shuningdek mamlakatning kasb-hunar kollejlari va litseylarining o‘quvchilari orasida bo‘lib o‘tadi.

beeline_30_05_2014_1

“Xodimlarni saralashdagi ochiq-oydinlik – “Beeline”ning farqlanadigan belgisidir, barcha vakansiyalar yozilgan kompaniya saytiga kirib, bunga iqror bo‘lish mumkin, — deydi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — Yosh va istiqbolli nomzodlarni qidirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishga harakat qilamiz, ularni brendga bo‘lgan ishonchini qadrlaymiz, va ularning orasidan eng muvaffaqiyatlilarini xodimlarimiz qatorida ko‘rishga umid qilamiz. Ayniqsa bu TATU‘da bo‘lib o‘tadigan vakansiyalar ko‘rgazmasida taqdim etilgan innovatsion yo‘nalishlarga taaluqlidir”.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi 40dan ortiq kompaniyalar, shuningdek davlat organlari ko‘rgazmada ishtirok etishadi. Tadbir 9:00da boshlanadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq