Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi
30.05.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Joriy yilning 31 mayida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi tashkil etiladi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad kompaniya va tashkilotlarga AKT sohasidagi kadrlarni jalb etish imkoniyatini yaratish, shuningdek yosh mutaxassislarga ishga joylashishlariga ko‘mak berishdir.
Yarmarkada aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 40 dan ziyod korxonalar, shuningdek davlat organlari vakillari qatnashadilar.
Yarmarkada ish izlovchi sifatida nafaqat talabalar va OO‘Yu bitiruvchilari, balki mamlakatimizdagi IT-mutaxassislar tayyorlovchi kasb-hunar kollejlari va litseylari o‘quvchilari ham qatnashishlari mumkin.
Yarmarka Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida o‘tkaziladi. Manzil: A.Temur ko‘chasi, 108-uy. O‘tkazilish vaqti: 9:00 dan 14:00 gacha.