O‘rgatuvchi simulyatsiyalar — ta’limning zamonaviy va ilg‘or texnologiyasi
29.05.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Saida Po‘latova, Xushnud Babayev.

org_29_05_2014

Hozirda davrda, tashkilot xodimlari kasbiy faoliyat yuritishda yuzaga kelayotgan ko‘plab savollarga turli yo‘llar bilan, xususan, koorporativ standartlar yoki kerakli adabiyotlardan foydalanib, ustozlar bilan tajriba almashish, o‘z ko‘nikmalarini treninglarda, video-kurslarni o‘rganib rivojlantirib borgan holda javob olishlari mumkin.

Biroq o‘rganuvchilar uchun eng yorqin va esda qolarli shunday uslub mavjudki, u boshqa o‘qitish uslublarining ijo-biy tomonlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Bu uslub o‘rgatuvchi simulyatorlardir. Simulyatsiya — bu mazmun jihatdan shunday kompyuter o‘yiniki, unda mavjud holatlardan to‘g‘ri variantlarni topish orqaligina g‘oliblikka erishish mumkin. To‘g‘ri tanlov qo‘shimcha ball olish va keyingi bosqichga o‘tish imkonini beradi. An’anaviy nazariy bilimlar beruvchi elektron kurslardan farqli ravishda, simulyatsiya kurslari «xatolar ustida ishlash» imkonini beradi. Bu esa foydalanuvchiga ish joyida xato qilishning oldini oladi.

O‘rgatuvchi simulyatsiyalar bu shunday virtual vositalarki, ular yordamida turli xil ko‘nikmalar egallanadi. Ular turli sohalarda foydalanilishiga qaramasdan, asosan biznes haqidagi bilimlarni va menejment bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirishda qo‘llaniladi. Simulyatsiya deb, kompyuter yoki boshqa texnologiyalar orqali hayotiy jarayonlarga taqlid nazarda tutiladi. Ular haqiqiy hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Simulyatsiya ishlab chiqarish olamidagi sohalarni o‘qitish jarayonida eng samarali va ishonchli uslub hisoblanadi, biroq shuni ta’kidlab o‘tish joizki, o‘rgatuvchi simulyatsiyalar faqatgina o‘yin emas, ularning maqsadi esda qolarli yo‘llar bilan o‘qitishdan iborat.

O‘rgatuvchi simulyatsiyalar — bu mustahkam ishlab chiqilgan, tekshirilgan qoidalar, topshiriqlar va strategiyalar bilan tizimlashtirilgan ssenariylar bo‘lib, ular foydalanuvchining maxsus ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun loyihalashtiriladi. Simulyatsiyalar orqali o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar foydalanuvchi tomonidan real hayotda qo‘llanilishi mumkin. Insonlar bilan bo‘lgan jonli muloqotni, dasturiy ta’minot bilan ishni, ishlab chiqarish jarayonlarini va mexanizmlar ishini ham simulyatsiyalash mumkin.

O‘quv maqsadlariga bog‘liq holda simulyatsiyalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:

  • kommunikatsion simulyatsiyalar;
  • dasturiy ta’minot bo‘yicha simulyatsiyalar;
  • jarayonlar simulyatsiyalari;
  • mexanizmlar ishi simulyatsiyalari.

org_29_05_2014_1

O‘rgatuvchi simulyatsiyalar eng ko‘p tarqalgan joy — bu korporativ muhit hisoblanadi. Hozirda simulyatsion o‘yinlardan yoshlarga ta’lim berishda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ular yordamida magistratura talabalari hatto o‘rta maktab o‘quvchilari ham ma’lum bir yo‘nalishdagi soha bo‘yicha o‘z tajribalarini sinovdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa ishtirokchilarga shu soha bo‘yicha kengroq tasavvurga ega bo‘lishlariga kelajakda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga imkon yaratadi. Simulyatsiyalardan foydalanishdan maqsad «o‘yinga kirishish emas», balki uning yordamida bilimga ega bo‘lish va uni hayotga tatbiq etishdan iborat. Agar o‘rgatuvchi simulyatsiyada raqobat yoki musobaqa elementlari bo‘lsa, bu motivatsiya va g‘oliblikka intilish hissini uyg‘otadi.

Ko‘pgina tashkilot va ta’lim kurslari o‘zlarida mavjud bo‘lgan o‘rgatuvchi simulyatsiyalarni turli ta’limiy dasturlar bilan integrallashtiradilar. Bu foydalanuvchilarga maksimal darajada tajriba orttirishga imkon yaratadi. Ta’lim sessiyalari tuzilishi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • Kirish qismi — o‘quv dasturi tashkilotchisi (ba’zida o‘rgatuvchi simulyatsiyalar bo‘yicha mutaxassis ham) qatnashuvchilar bilan ko‘rishadi va treningni o‘tkazishdan asosiy maqsadni va ko‘zlangan natija bo‘yicha tushuntirish beradi.
  • Ma’ruza. Tashkilotchi simulyatsiyalar asosidagi mavzular bo‘yicha ma’ruza qilishlari mumkin. Bu ishtirokchilarning bajarishlari kerak bo‘lgan vazifalari haqida ma’lum bir taassurotga ega bo‘lishlariga ko‘maklashadi.
  • Simulyatsiya. So‘ngra simulyatsiyalarda ishlash vaqti keladi. Bunda qobiliyatlar sinovdan o‘tkazilib, ko‘nikmalar egallanadi. Darsning bu qismida ijobiy muhit va g‘oliblikka intilish asosiy rol o‘ynaydi.
  • Baholash — simulyatsiya tugaganda amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, o‘qitsish jarayoni samaradorligi va egallangan bilimlar bo‘yicha xulosalar chiqariladi. Natijalar va ishtirokchilar erishgan yutuqlari tahlil qilinadi.

Integrallashgan o‘qitish simulyatsiylarda ishtirok etayotganlarga maksimal tajriba olish imkoniyati, kelajakda zaruriy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish hamda o‘z sohalari bo‘yicha ma’lum bir tasavvurga ega bo‘lishlari uchun zamin yaratdi.

Kompyuter simulyatsiyalarida bir vaqtning o‘zida ko‘plab insonlar o‘qitilishi boshqa usullardan ancha samaralidir. Taklif etilayotgan yechimlar nafaqat o‘quv jarayonini kompyuter o‘yinlarini o‘ynagandek qiziqarli qilishi, balki o‘qitishdan «qoniqish» hosil qiladi va o‘quv materiallari hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasini oshiradi. Eng muhimi — olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilish. Tadqiqotlarga ko‘ra an’anaviy ta’lim dasturlarida bu ko‘rsatkich 15 foizni, simulyatsiya formatida esa 63–75 foizni tashkil etadi. O‘rgatuvchi simulyatsiyalar imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

  • Anglab yetish. Ishtirokchilar bu ta’lim dasturida qatnashar ekanlar, shu simulyatsiya yaratilgan soha bo‘yicha nafaqat tushunchaga ega bo‘ladilar, balki uning mazmun mohiyatini anglab yetadilar.
  • Vaqtning chegaralanganligi. Ko‘pchilik modellar shunday sessiyalarni o‘z ichiga oladiki, ularda shu muammoni yechish vaqt intervalida amalga oshiriladi. Bu esa ishchilar, bitiruvchilar mahoratini sinovdan o‘tkazishning eng yaxshi yo‘lidir
  • Ishtirokchilar koordinatsiyasi. O‘rgatuvchi simulyatsiyalar ko‘pincha guruh yoki jamoa bo‘lib ishlashni taqozo etadi. Bu muloqot qilish samaradorligini va eng asosiysi raqobatni ta’minlaydi.
  • Muammolar yechimi. O‘rgatuvchi simulyatsiyalarda asosan mushkul holatlar beriladiki, bu shu muammoni mantiqiy yo‘llar bilan yechishni taqozo etadi. Agar ishtirokchi shu 4 holatdan ham muvafaqqiyatli o‘tsa, o‘quv dasturining maqsadiga erishilgan bo‘ladi.

org_29_05_2014_2

O‘rgatuvchi simulyatsiyalarning xususiyatlari
Ta’lim jarayonida o‘rgatuvchi simulyatsiyalardan foydalanish nafaqat ta’lim samaradorligini oshirishga, balki, talabalarning o‘z sohalari mohiyatini anglab yetishga, ish faoliyatini boshlamay turib, ma’lum bir tajriba va ko‘nikmalar orttirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. ssih.org/about-simulation
2. http://www.sim4training.com/obuchayuschie-simulyatsii/proekty.html
3. www.simstudios.co

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq