Ijtimoiy hamkorlikning samarasi
29.05.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Yunus Gapurov.

ijti_29_05_2014

Хоdimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini va qonuniy haq-huquqlarini, ularning huquqiy bilim saviyasini va madaniyatini oshirish, korxona va tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnat muhofazasi qonunchiligida nazrada tutilgan kafolatlarni jamoa kelishuvlari va shartnomalari orqali yanada rivojlantirish va takomillashtirish tarmoq kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy maqsadi va ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

2014-yilning 1-yanvar holatiga muvofiq tarmoq kasaba uyushmalari o‘z saflarida 62 mingdan ziyod a’zolarni birlashtirdi.

ijti_29_05_2014_1

O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi yuqorida qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respubilkasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan Tarmoq, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ va «Matbuot tarqatuvchi» AK Tarif kelishuvlari hamda «O‘zbektelekom» AK bilan Yagona jamoa shartnomasi hamda 180dan ortiq korxona va tashkilotlarda jamoa shartnomalari 2012–2014 yillar uchun qabul qilinib, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Markaziy kengash ekspert komissiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Ish beruvchilar va kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan har yarim yilda, tizimli ravishda, mehnat jamoalarining konferensiyalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Ratifikatsiya qilingan quyidagi Konventsiyalari, ya’ni:

ijti_29_05_2014_2

Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 103-Konvensiyada O‘zbekiston qonun hujjatlarida onalikni muhofaza qilish borasida imtiyozli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasi onalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilinishini kafolatlaydi. Mehnat kodeksining 233-moddasiga binoan ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tug‘ishdan keyin ellik olti kalendar kun muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili jamlangan holda hisoblanib, tug‘ishga qadar amalda bunday ta’tilning necha kunidan foydalanilganligidan qat’iy nazar, ayolga to‘liq beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli Qarori bilan o‘rnatilgan tartibga binoan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar to‘lash ish beruvchilar hisobidan amalga oshiriladi. Mehnat va ish turlari sohasida kamsitishlar to‘g‘risdagi 111-Konvensiya Xalqaro mehnat tashkilotining asos soluvchi Konvensiyalaridan biri bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1997-yil 30-avgustda ratifikatsiya qilindi.

ijti_29_05_2014_3

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida ta’kidlanishicha «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir». O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 6-moddasiga binoan mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki davlatning yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rligi bilan bog‘liq farqlashlar kamsitish deb hisoblanmasligi e’tiborga olinishi belgilab qo‘yildi.

Korxonada mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to‘g‘risidagi 135-Konvensiya qoidalari «Kasaba uyushmalar, ularning huquqlari va faoliyatlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (18-20-moddalari), Mehnat kodeksida, «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonunda (9-modda), jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalarida mustahkamlab qo‘yilgan. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi 138-Konvensiya XMT’ning asos soluvchi Konvensiyalaridan biri bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 2008-yilning 4-aprelida ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-sentabrdagi 207-sonli qarori bilan «Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi» tasdiqlanib, ushbu konvensiyalarni amalga oshirishga oid qo‘shimcha choralar hamda nazorat va monitoring mexanizmlari belgilab berildi.

ijti_29_05_2014_4  ijti_29_05_2014_5

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, kelishuvlar va jamoa shartnomalari orqali ijtimoiy rivojlanish, mehnat sharoitlari va uning muhofazasi, ish haqi, ish bilan ta’minlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan yuqoriroq ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlar tarzidagi qo‘shimcha to‘lovlar, xodimlar hamda ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarga, yosh bolali ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar berish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Tarmoq, Tarif kelishuvlari va yagona Jamoa shartnomasiga ikkita yangi bo‘lim Ayollar mehnatini tartibga solish, qo‘shimcha imtiyozlar va kafolatlar hamda Yoshlar uchun qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlarni kiritilishi asos bo‘ldi. Natijada 2012-yilda 2-yoshdan 3-yoshgacha bola parvarishi bilan band bo‘lgan 192ta ayolga 94 mln. so‘m, 2013-yilda 374 nafar ayollarga 172 mln. so‘m mablag‘ miqdorida moddiy yordam berilishiga erishildi.

ijti_29_05_2014_6  ijti_29_05_2014_7

Ijtimoiy sheriklikni yanada samarali olib borish maqsadida Davlat qo‘mitasi bilan Markaziy kengashning o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik bo‘yicha 2013-2014 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Mazkur reja asosida O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi mas’ul xodimlari tomonidan «O‘zbektelekom» AK va «O‘zbekiston pochtasi» OAJ tasarrufidagi o‘quv markazlarida filiallar direktorlari va bosh buxgalterlari, «Matbuot tarqatuvchi» AK tizimidagi korxona rahbarlari, RTUM DUK’ning mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislari hamda pochta tuman bog‘lamalari direktorlari uchun jami 200 nafardan ortiq ting-lovchilarga «Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik asoslari jamoa shartnomalari va kelishuvlari» mavzulariga oid tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari taqdimot shaklida o‘tkazib kelinmoqda.

Shuningdek, qo‘shma tadbirlar rejasi asosida hududlarda yangi tashkil etilgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislarining 17 nafari bilan mehnat shartnomalari tuzilib, oylik ish haqining 50 foizini va 9 nafariga ustama haq ish beruvchilar mablag‘i hisobidan to‘lash amalga oshirildi hamda ularning Ustav faoliyati bo‘yicha ishlarini olib borish uchun zarur sharoit yaratib berildi. Jamoa jartnomalarida qabul qilingan imtiyozlar asosida soha xodimlarining o‘rtacha ish haqi 2010-yildagi 387,5 ming so‘mdan 2013-yilda 707 ming so‘mga ko‘tarildi. Shuningdek, jamoa shartnomalaridagi ijtimoiy imtiyozlar bo‘limining asosiy ko‘rsatkichlari asosida xodimlarga sarflangan mablag‘lar 2010-yildagi 7,6 mlrd. so‘mdan, o‘tgan 2013-yil yakunida 9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

ijti_29_05_2014_8

Davlat dasturlari tadbirlarini bajarish borasida ish beruvchilar bilan hamkorlikda kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, xodimlarni va ularning oila a’zolarini jismonan va ma’naviy sog‘lomlashtirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, o‘tgan yili kam ta’minlangan 1338ta oilalar vakillariga jami 247,4 mln. so‘m, shundan 33,0 mln. so‘m kasaba uyushma budjeti hisobidan moddiy yordam ko‘rsatildi.

Mamlakatimizda ishlab chiqilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar, shuningdek, uy-joy qurilishi uchun 543 ta oilalarga ish beruvchilar mablag‘i hisobidan 1 mlrd. 10 mln. so‘m foizsiz ssudalar ajratildi. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 222 nafar talaba uchun shartnoma pulining bir qismi, ya’ni 523,0 mln. so‘m ish beruvchilar mablag‘i hisobidan to‘lab berildi.

Kasb-hunar kollejlarini tugallab, soha korxonalariga ishga joylashgan 378 nafar yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kasaba uyushma budjeti hisobidan 16,0 mln. so‘m miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, soha korxonalarida amaliyot o‘tagan kasb-hunar kollej o‘quvchilarining 200 nafariga eng kam ish haqining 20 foiz miqdorida kasaba uyushma budjeti hisobidan bir martalik yordam pullari to‘lab berilib, reja 128 foizga bajarildi. Amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish yuzasidan Markaziy kengashning «TRADEUNIONICT.UZ» veb-saytini Internetdagi ko‘rinishi modernizatsiya qilinib, yangi interaktiv va boshqa ruknlar tashkil etildi, tarmoq kasaba uyushmalari faoliyatlari uchun zarur meyoriy hujjatlar to‘plamlari hamda yorituvchi maqolalar bilan to‘ldirilib borilmoqda.

Markaziy kengash xodimlari tomonidan Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich tashkilotlarga jadval asosida joyiga chiqib, amaliy yordam ko‘rsatilib, ularning faoliyati o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalari Markaziy kengashda haftalik yig‘ilishlarda muhokama qilinib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Markaziy kengash tomonidan quyi tashkilotlar uchun huquqiy va mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid 2000 donadan ziyod bukletlar va me’yoriy hujjatlar to‘plamlari bilan ta’minlandilar.

O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosatining qaroriga muvofiq, TATU talabalari, kasb-hunar kolleji hamda akademik litsey o‘quvchi yoshlari Markaziy kengashning stipendiyasi bilan taqdirlandilar.

Markaziy kengash tizimidagi boshlang‘ich tashkilot faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ijobiy ishlarini keng targ‘ib etish maqsadida «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovida tuzilmadan 9ta boshlang‘ich tashkilotlar respublika bosqichiga chiqishdi va «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Samarqand filiali Federatsiya Kengashining nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2014–2016 yillar uchun imzolangan Bosh kelishuv asosida amaldagi Tarmoq, Tarif va yagona Jamoa shartnomasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish borasida takliflar tayyorlandi. O‘ylaymizki, mazkur takliflar asosida mehnatkashlarning ijtmoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini yanada samarali himoyalash borasidagi ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida ijobiy natijalarga erishamiz. Zero, kasaba uyushmalarining maqsadi «Insonga naf keltirish oliy baxtdir»!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq