“Beeline”ning markaziy hududiy filiali 7-yilligini nishonlamoqda
28.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ и Buzton QK) Samarqand va Jizzax viloyatlarining abonentlariga xizmat ko‘rsatayotgan Markaziy hududiy filialining 7 yillik ishini sarhisob qilmoqda.

Ishlar yakunini sharhlar ekan, “Unitel”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov shunday dedi: “Tarmoqning bir necha bor kengayishidan tashqari, “Beeline” har ikki viloyatda faoliyat olib borilgan yillarda qator yangi texnologiyalarni joriy qilgan holda, oldinga innovatsion qadam tashladi. Foydalanuvchilarning brendga ishonchi va hududdagi dadil yetakchilik bu ishlarning natijasidir”.

2007 yilda filialning ochilishi bilan birga 3G tarmog‘i deyarli barcha yirik aholi punktlarida ishga tushirildi, abonentlar soni esa 12 marotabaga o‘sdi.

“Aloqa sifati va abonentlarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatish ishimizning asosiy ustuvorliklaridan biridir, — deydi “Unitel”ning markaziy hududiy filiali direktori Dilshod Anarmetov. – Har ikki viloyatdagi yuzlab savdo shoxobchalari va yuzdan ortiq eksklyuziv salonlar kompaniya mijozlarini a’lo xizmat bilan ta’minlaydi. Eng asosiysi – biz bir joyda turib qolmaymiz, shuning uchun aholi “Beeline”ning tarmoqlarini kelgusi rivojlanishiga ishonishi mumkin”.

Operatorning Samarqand va Jizzax bozoridagi muvaffaqiyatli ishining yana bir tasdig‘i, korporativ mijozlarning katta sonidir: “Maroqand neftebaza” UK, “UzTransGaz” UK, “Markazgazta’minot” UK, “UrgGazKarpet” MChJ QK, “Somontep gilam” QK, “Jizzax akkumlyator zavodi” OAJ kabi hudud iqtisodining yetakchilari va Jizzax viloyatining nagaqa fondi “Beeline Business”ning innovatsion xizmatlarini tanladilar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq