Tayvanda piyodakar smartfondan foydalanganligi uchun jarima solishlari mumkin
27.05.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Ko‘plab smartfon yoki mobil telefonlari egalari o‘z apparatlariga shu qadar bog‘lanib qolganlarki, ba’zan ko‘chada ham foydalanib, atrof-olamni sezmay qoladilar. Muammo yuzasidan Tayvanning huquqni himoya qiluvchilari tomonidan shunday fikrga kelindiki, katta harakatli yo‘llarda o‘z mobil qurilmalari ekranga diqqatlarini qaratgan foydalanuvchilar xavfli vaziyatlar — yo‘l-transport hodisalarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladilar.
Tayvanda ko‘chani kesib o‘tayotgan yo‘lovchilar mobil qurilmalaridan foydalansalar, ularga jarima solinadi. Jarima 10 AQSH dollarini tashkil etadi. Jarima smartfon va telefon foydalanuvchilarini ko‘chalarda diqqatliroq bo‘lishga majbur etadi.
Shuni ta’kidlash zarurki, Tayvanda mobil Interneti foydalanuvchilari 14 mln.ni tashkil etadi. Ularning ko‘pchiligi tarmoqsiz hayotni tasavvur ham eta olmaydilar. Bundan tashqari, tarmoq ishqibozlari transportlar va piyodalar bilan gavjum shahar ko‘chalarda ko‘pchilik hayotiga xavf soluvchi vaziyatlarga sababchi bo‘ladilar. Masalan, mart oyining oxirida, Tayvan shahrida yoshgina ayol ko‘chani kesib o‘tishda telefonga diqqatini qaratib, ro‘paradan harakatlanayotgan taksini sezmay, noxush holat sababchisi bo‘ldi va hayotdan ko‘z yumdi.
Mahalliy Apple Daily gazetasi o‘tkazgan so‘rov natijasida 80% respondentlar o‘z apparatlariga mahliyo bo‘lgan piyodalarga zarur chora sifatida jarima solish kerak deb hisoblaydilar. Biroq bu amaliyotga qanday joriy etilgani ma’lum emas.
Manba: www.3Dnews.ru