Rollei S30: sportchi va ekstremallar uchun videokamera
27.05.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

rol_27_05_2014

Rollei kompaniyasi faol sport turlari, ekstremal vaziyatlar ishqibozlari, sportchilar uchun yaratilgan ixcham ekshen-kamerani savdoga chiqardi.

Yangi qurilma mustahkam korpusda amalga oshirilgan: ishlab chiqaruvchi uch metrgacha balandlikdan tushib ketganda ham ish faoliyati saqlanib qolishiga kafolat beradi. Qurilma jamlanmasiga germetik keys ham kiritilgan bo‘lib, 10 metr chuqurlikkacha suv ostida suratga olishni amalga oshira oladi.

rol_27_05_2014_1

Kamkorder 2 megapikselli KMOP-sensor va 120 gradus ko‘rish maydoni imkoniyatiga ega obyektiv bilan jihozlangan. Bir soniyada 30 kadrni imkonini beruvchi tezlikka ega Full HD (1920 x 1080 pikselli) formatidagi videoni suratga olishni qo‘llab-quvvatlaydi. Taymer bilan ma’lum vaqt intervalida suratga olish imkoniyatiga ega. Videokamera Wi-Fi simsiz aloqa adapteriga ega. Live Video Streaming funksiyasi haqiqiy vaqt rejimida foto va videomateriallarni Android yoki iOS operatsion tizimi uchun mobil ilovaga ega smartfon yoki planshetda tomosha qilish imkonini beradi. Shuningdek, kiritilgan 1,5-dyuymli displey ham nazarda tutiladi. Rollei S30 ning o‘lchami 82 x 47 x 27 mm, og‘irligi — 75 g.bi tashkil etadi. Jamlanmaga kiritilgan aksessuarlar qurilmani shlemga, velosiped yoki mototsiklet ruli va boshqalarga mustahkamlash imkonini beradi. Qurilma bahosi taxminan 150 yevro deb mo‘ljallanmoqda.

Manba: www.rollei.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq