Quitbit «Aqlli» zajigalka chekishni tashlashga yordam beradi
27.05.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

qu_27_05_2014

Ko‘pchilik hech bo‘lmaganda chekishdek yomon odatni tashlab «yangi hayot» boshlashga urinib ko‘radi. Ehtimol ko‘pchilik buning uddasidan chiqmaydi. Chekish — yomon odatlardan biridir. Mazkur odatdan voz kechish uchun kuchli irodaning o‘zi yetarli emas. Quitbit startapi asoschilari ham bu odatdan qutilishni xohlardilar.

Ularning so‘zlariga qaraganda, qanday ish bilan shug‘ullanganda ham eng muhim shart — salomatlik hisoblanadi, shuning uchun sog‘liqdagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida kuzatish zarur. Ular sog‘liqni kuzatishning turli usullarini izlay boshladilar va o‘z yomon odatlaridan voz kechish uchun shuni tushunib yetdilarki, barcha harakatlar sog‘lom turmush tarziga qaratilishi zarur ekan.

Shunda ular o‘z maqsadlarini amalga oshirdilar. Quitbit zajigalkasi — bu chekilgan sigaretalar sonini qayd etuvchi qurilmadir. iPhone va Android-smartfonlari uchun ilova uzoq muddat mobaynida ma’lumotlarni jamlab, kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, onlayn-uyushmasida o‘z maqsadlari va muvaffaqiyatlari bilan o‘rtoqlashish, qancha pul mablag‘i sarflangani yoki qolgani haqida ham ma’lumot olish mumkin. Bundan tashqari, kashandaning chekishni tashlashga iroda-kuchi yetmasa, gadjet unga yordam ko‘rsatadi. Vaqtni ko‘rsatuvchi taymerni ham o‘rnatish mumkin. Uning ko‘satkichi bo‘yicha vaqt o‘tmaguniga qadar zajigalka ham ishlamay qo‘yadi. Gadjet to‘liq elektrik bo‘lib, chekish uchun qizdiruvchi elementdan foydalaniladi. Akkumulyator quvvati bir haftaga yetadi. Bu choralarning barchasi — sigareta uchun olov qidirib yurmaslik va tezroq chekishni tashlashga chorlaydigan motivatsiyadir. Biroq agar chekishni tashlashga insonning o‘zi qat’iy qaror qilgan bo‘lsa, qurilma yordami juda sezilarli bo‘ladi. Dastlabki kunlardanoq Kickstarter loyihasi uchun zarur bo‘lgan 50 ming o‘rniga 7000 dollar jamlashga muyassar bo‘ldi. Gadjet bu yil dekabr oyida sotuvga 149 dollar narx bilan chiqarilishi kutilmoqda.

Manba: www.kickstarter.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq