Muzlatkich bilann muloqot
27.05.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mablag‘ingiz ko‘p bo‘lsa ham do‘stlaringiz ozmi? Bu kam uchraydigan holat, biroq shunaqasi ham uchrab turadi. LG yordam berishga tayyor! Hozirgi davrda kompaniya SMS vositasida aqlli maishiy texnikani («muloqot») boshqaruv texnologiyasini tayyorlamoqda.

muz_27_05_2014

Foydalanuvchi «chatdagi muloqotda» ham aqlli muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikroto‘lqinli pech bilan so‘zlashib, topshiriq bera oladi. Buning uchun uyda LG’dan HomeChat system — WiFi tarmog‘idan foydalanuvchi muloqot almashuv tizimini o‘rnatish zarur. Masalan, uydan tashqarida bo‘lib, kir yuvish mashinasining holatini bilishni xohlab qolasiz. Aqlli «nima qilyapsan» savoliga asbobingizdan aniq javob olasiz. Kelajakda «qo‘shnilar uyiga suv toshiryapman» javobini olsak ajabmas. Aqlli pech masalliqlar, harorat darajasi, taom qachon tayyor bo‘lishini ma’lum qilsa, muzlatkich keng shinam kameralarida qolgan mahsulotlar haqida ma’lumot beradi. Mahsulotlar ro‘yhati bo‘yicha alohida xabar bera oladi. Bunday texnologiyaga ega texnika vositalari hozirda Koreyada savdoga chiqarilgan. Yaqin orada boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘ladi. Hozircha kompaniya qurilmalar narxini ma’lum qilmagan. Biroq bunday maishiy aqlli qurilmalar uchun hamyoningizga albatta mablag‘ topiladi.

www.engadget.com materialidan olindi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq