Ishoralarni sezadigan klaviatura
27.05.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

key_27_05_2014

Microsoft kompaniyasi qo‘l ishoralarini sezib, o‘qiy oladigan klaviatura prototipini yaratdi. Ishlab chiqaruvchilar fikriga ko‘ra qurilma axborot kiritish usullarini osonlashtiradi va qiziqarli qiladi. Torontoda o‘tkazilgan Computer Human Interaction konferensiyasida taqdim etilgan qurilma haqida PC World nashri xabar bergan.

Microsoft Research bo‘linmasi tomonidan yaratilgan klaviaturalar prototipida 64ta klavishli sensorli imkoniyat mavjud. Ular klaviaturada qo‘l harakati manipulyatsiyasini sezadi. Masalan, shunday klaviaturada chapdan o‘ngga ishora Windows 8 menyusini chiqaradi. Microsoft vakili Styuart Teylorning ma’lum qilishicha, klaviatura foydalanuvchilarining bosh vazifasi — klavishlar ustidan yoki juda yaqin qo‘l harakati ishoralarini yuritish. Ayrim ishoralar klavishning mavjud kombinatsiyalarini — masalan, Alt+Tab dasturlarni o‘zgartira oladi. «Yanada murakkabroq kombinatsiyalar ishoralar vositasida amalga oshirilishi bilan foydalanuvchi uchun juda osonlashti-rilgan», — ta’kidlaydi Teylor. 2012-yilda taqdim etilgan Windows 8 operatsion tizimi va yangilangan Windows 8.1 versiyasi sensorli ekranlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Bozorda platforma chiqarilishi bilan ko‘plab sensorli ekran bilan ishlaydigan, masalan, klaviaturа — transformerlar paydo bo‘lgani bejiz emas.

Biroq an’anaviy usulda — klaviatura va sichqoncha bilan ishlaydigan kompyuterlar foydalanuvchilari uchun yangi qurilma juda qulay tuyuladi. Microsoft Buildda Windows 8.1 Update 1’ning yangilanishi yanada an’anaviy foydalanuvchilar uchun dadil qadam bo‘ldi. Endi platforma avtomatik holda qaysi qurilmadan foydalanilayotganligini aniqlay oladi: planshet uchun OT interfeys bilan yuklanishi, SHK esa darhol odatiy «ish stoli»ga kirishi mumkin. Klaviatura bilan axborotni an’anaviy tarzda kiritish va ishoralarni o‘qish foydalanuvchiga sensorli ekranli yangi qurilma interfeysiga moslashish va odatiy SHK ishini tezlatish imkonini beradi. Biroq Teylor ma’lumotlariga ko‘ra, klaviatura kompyuter sichqonchasi yoki sensorli panel o‘rnini bosa olmaydi. Loyiha Microsoft Research tomonidan bir yarim yil mobaynida ishlab chiqildi. Shunday bo‘lsada, klaviatura hozircha prototip bo‘lib qolmoqda va yaqin orada tijorat bozoriga taqdim etish rejalashtirilmagan.

Manba: www.gizmodo.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq