“Beeline”ning simli Interneti uchun ilk bor mobil ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin
27.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) “Mbank” mobil ilovasi orqali xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini bermoqda. Uning yordamida kompaniya abonentlari o‘z uylaridan chiqmagan holda on-line usulida UZCARD orqali hisoblarini oson boshqara oladilar.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning ommaviy bozorda savdolar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Mobil banklar kabi innovatsion xizmatlar uyali texnologiyalar asrida juda ommabop bo‘lmoqda. Ular mijozlarga bank yoki savdo va xizmat ko‘rsatish ofislariga kelmagan holda, istalgan paytda mustaqil va havfsiz to‘lovlarini amalga oshirishga imkon yaratishadi. Ko‘plab insonlarning hayotini yanada qulay va harakatchan qila oladigan ushbu muvaffaqiyatli loyiha boshlanganidan hursandmiz. “Buzton” mijozlari uchun to‘lov kartasi orqali xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish ilk bor mumkin bo‘lgani yanada quvonarli hol”.

beeline_27_05_2014

On-line usulida “Mbank” mobil banki orqali “Beeline”ning nafaqat uyali aloqasi, balki simli Interneti uchun ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun UZCARD on-line foydalanuvchilari yaqin oradagi bankomat yoki ma’lumot shahobchasida kartadan SMS-xabarnomani yoqtirishlari zarur. Undan keyin Play Market yoki App Store orqali Mbank ilovasini yuklab olishlari, yoki uyali telefonlaridan www.mbank.uz saytiga kirishlari lozim. Ro‘yhatdan o‘tib mobil bankning shaxsiy kabinetiga kirish lozim.

“Beeline”ning simli Internetiga to‘lovni amalga oshirish uchun “Xizmat va tovarlar uchun to‘lov”, so‘ngra “Internet-provayderlar” va “Beeline simli interneti” tugmalarini tanlash zarur. “Beeline”ning uyali aloqasini to‘lash uchun “Xizmat va tovarlar uchun to‘lov”, so‘ngra “Aloqa va Interner” va “Beeline”ni tanlash lozim. So‘ngra telefon raqami va pul miqdorini kiritish lozim. “To‘lovlar ro‘hati”da to‘lov jarayonini ko‘rish mumkin.

Tafsilotlar www.mbank.uz va www.beeline.uz saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq