Iqtisodiyotning turli sohalariga AKT ning joriy etilish holati tanqidiy ko‘rib chiqildi
26.05.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 apreldagi “Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PQ-2158-sonli qaroriga muvofiq, 2014-2015 yillarda iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya tizimlari va dasturiy ta’minotlarni joriy qilishga doir chora-tadbirlar va loyihalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillari, Iqtisodiyot vazirligi mas’ul xodimlari, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi mas’ullari, shuningdek loyiha ijrochilari – aksiyadorlik kompaniyalari, yirik ishlab chiqarish korxonalari, assotsiatsiya vakillari ishtirok etdilar.

Aksiyadorlik kompaniyalari, yirik ishlab chiqarish korxonalari, assotsiatsiyalar tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan birlamchi vazifalarning amalga oshirilishiga doir ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Xususan, texnik vazifalarni ishlab chiqish, AKT va dasturiy ta’minotlarni joriy qilish orqali kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik aks ettirilgan texnik iqtisodiy asosnomani shakllantirish bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida bajarilmayotgani yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir vazifalarga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘layotgan mas’ul tashkilotlarga qat’iy ogohlantirish berilib, o‘z vaqtida choralarning ko‘rilmasligi loyihalarning kechikishiga sabab bo‘lishi ta’kidlandi.

Shu bilan birgalikda, muassasalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga mas’ul bo‘linmalarning, malakali kadr-mutaxassislarning mavjud emasligi, yirik tashkilot rahbarlari tomonidan mazkur masalalar yuzasidan tashabbuskorlikning juda pastligi bu yo‘ldagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishining asosiy to‘siqlari bo‘lishi mumkinligi qayd etildi. Loyihalarning texnik iqtisodiy asosnomalarida AKT ning joriy qilinishi oqibatida oshishi kutilayotgan samaradorlik, ishlab chiqarishning o‘sishi, mahsulot yoki xizmat tan narxining pasayishi, sifatining ko‘tarilishi, korxona rentabelliligining mustahkamlanishiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida iqtisodiyotning barcha muassasalari – aksiyadorlik kompaniyalari, yirik ishlab chiqarish korxonalari, assotsiatsiya vakillariga mazkur masala yuzasidan zudlik bilan tegishli chora-tadbirlarni qabul qilish, texnik iqtisodiy asosnomalarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksiga kiritish yuzasidan topshiriqlar yuklandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq