InfoCOM.UZ nashriyoti «Kitob bayramida ishtirok etdi»
26.05.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

inf_22_05_2014

2014-yil 22-23 may kunlari bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomli madaniyat va istirohat bog‘ida «Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor» shiori ostida Respublika «kitob bayrami» o‘tkazildi.

inf_22_05_2014_1

Mazkur Respublika «Kitob bayrami» ma’naviy-ma’rifiy tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zbek tili va adabiyotini rivojlantirish orqali xalq ma’naviyatini, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, oilaviy kitob o‘qish an’analarini targ‘ib qilish, yoshlarni milliy adabiyotga, Ona-Vatanga yuksak muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishdan iborat.

inf_22_05_2014_2

Respublika «Kitob bayrami»da o‘z kitob mahsulotlari bilan yurtimizda faoliyat yuritayotgan 100dan ziyod nashriyot va matbaa korxonalari, jumladan, InfoCOM.UZ nashriyoti ham ishtirok etdi.

inf_22_05_2014_3

Bundan tashqari, bayramning ishtirokchi nashriyotlar tomonidan so‘nggi yillarda chop etilgan 250dan ziyod nomdagi yangi kitoblarining taqdimotlari, Xalq shoirlari va yozuvchilari, o‘nlab taniqli va yosh-iste’dodli adib va shoirlar hamda noshir va matbaachilar bilan muloqotlar bo‘lib o‘tdi

inf_22_05_2014_4

inf_22_05_2014_5

Fotoreportajlarni bu yerda tomosha qilish mumkin

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq