“Beeline” va Quvnoqlar va Zukkolar “Facebook”da tanlov boshladilar
26.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) va Quvnoqlar va Zukkolar “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida ikki yangi tanlovni boshlamoqdalar. 29 mayning 13:00gacha “Beeline Uzbekistan” va “Beeline Club” sahifalarining foydalanuvchilari Yoshlar Ijod Saroyida 30 va 31 may kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekistonning Quvnoqlar va Zukkolar Yuksak Ligasining 1/8 finaliga 2 chiptani yutib olishlari mumkin.

beelinek_26_05_2014

Buning uchun Beeline Club foydalanuvchisi tanlov posti ostida “Nega aynan Siz Quvnoqlar va Zukkolar o‘yininiga chiptalarni qo‘lga kiritishingiz lozim?” degan savolga qiziqarli javobni sharh tarzida qoldirishi lozim. 29 may kuni soat 12:00gacha o‘z yozuvi ostida eng ko‘p «Like» («Menga maqul») belgisini to‘plagan ikki ishtirokchining har biri ikki dona taklifnomani qo‘lga kiritadi.

Ikkinchi tanlovda Beeline Uzbekistan foydalanuvchilari Zo‘r-Zo‘r va Quvnoqlar va Zukkolar haqida qiziqarli slogan o‘ylab topishlari, va uni tanlov posti ostida sharh tarzida qoldirishlari lozim. 29 may kuni soat 12:00gacha o‘z yozuvi ostida eng ko‘p «Like» («Menga maqul») belgisini to‘plagan ikki ishtirokchining har biri ikki dona taklifnomani qo‘lga kiritadi.

beelinek_26_05_2014_1

“Ko‘p yillar davomida “Beeline” Quvnoqlar va Zukkolarning uyali hamkori bo‘lib kelmoqda, chunki iste’dodli va muvaffaqiyatli yoshlar bilan ishlash – bizning innovatsion rahnamo sifatidagi ustuvorliklarimizdan biridir, – deydi “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva. – Tanlovimiz shartlari an’anaviy tarzda ochiq-oydin, va g‘oliblik uchun ko‘plab yorqin va qiziqarli so‘rovlarni olamiz, deb umid qilamiz”.

G‘oliblarning ismlari 29 may kuni soat 13:00da “Beeline”ning FB-sahifasida aniqlanadi.

Tafsilotlar https://www.facebook.com/beelineclub, https://www.facebook.com/beeline.uz va https://www.facebook.com/KVNUZ saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq