“Beeline”dan “1000 OK” tanlovi yakunlanishiga bir hafta qoldi
23.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i bilan birgalikdagi tanlovning oraliq yakunlarini sarhisob qilmoqda. Tanlov doirasida kompaniya abonentlari 31 may kuniga qadar sovg‘alar, o‘yinlar, “5+”, smayllar va saytning boshqa pulli xizmatlaridan foydalanish uchun 1000 bepul OK yutib olishlari mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva shunday dedi: ““1000 OK” tanlovining yakuniga bir hafta qoldi, va u 4000dan ortiq sharhni jamlab olgan holda juda ommabop bo‘ldi. Lekin, eng qizig‘i hali oldinda: kun sayin uning ishtirokchilari bir necha yuzga ko‘payganini ko‘rmoqdamiz, o‘ylaymizki, tanlovning yakuniga bir necha soat qolganida sovrin uchun haqiqiy kurashning guvohi bo‘lishimiz mumkin. Eng asosiysi, tanlovimiz ochiq, buni barcha kuzatishi mumkin”.

beeline_23_05_2014

Eslatib o‘tamiz, asosiy sovrinni qo‘lga kiritish uchun Beeline Uzbekistan www.ok.ru/beeline.uz sahifasining yangi va avvaldan mavjud foydalanuvchilari tanlov posti ostida “Men 1000 OК‘ni… sarflayman” iborasini davom ettirishlari, va o‘z yozuvi ostida 31 mayning 12:00gacha eng ko‘p “Klass!” to‘plashlari zarur.

“Odnoklassniki” saytidagi “Beeline”ning rasmiy sahifasiga a’zo bo‘lish uchun www.ok.ru/beeline.uz havolasiga o‘tib “A’zo bo‘lish” tugmasini bosish kifoya. Sahifa ishtirokchilari kompaniyaning barcha yangiliklari, fotoxabarlar, sovrinli aksiyalar va tanlovlardan xabardor bo‘lishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq