Yangi hamkor — «TAXI 1052». Taksi yo‘l haqi endi CLICK orqali!
22.05.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

CLICKtizimiga yangi hamkor qo‘shildi – taksi chaqirish xizmati «TAXI 1052»! Endi CLICK foydalanuvchilari taksiga buyurtma berib, o‘zlarining yoki yaqinlarining yo‘l haqini komissiyasiz mobil telefonlari orqali va plastik karta hisob-raqamidan to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

To‘lovni amalga oshirish uchun dispetcherga yoki taksi haydovchisiga CLICK tizimidagi mijoz raqamini (CLICK-ID) yoki tizimga ulangan telefonning raqamini aytish lozim. Kompaniya tomondan ko‘rsatilgan raqamga hisob chiqariladi. Shu hisob bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish uchun USSD-menyuga kirib, chiqarilgan hisobning tekshirib olish kerak. Undan so‘ng tasdiqlash kodini (CLICK-PIN) kiritib, uni to‘lash mumkin.

“TAXI 1052” kompaniyasi hamkorlarimiz qatoriga qo‘shilganidan xursandmiz. Ushbu kompaniyaning tizimimizga ulanishi foydalanuvchilarimizning har kungi ehtiyojlarini maksimal qamrashga qaratilgan intilishimizning yaqqol misoli bo‘la oladi. Zero, hamkorlar sonini ko‘paytirish kompaniyamizning ustuvor maqsadlaridan biri”, – deb ta’kidladi CLICK kompaniya rahbari Ulug‘bek Rustamov.

To‘lovlarni CLICK tizimiga ulangan mobil telefondan *880# USSD-so‘rovni yuborish bilan amalga oshirish mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, tizimdan foydalanish uchun internet tarmog‘iga ulanish va mobil telefonga qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish talab qilinmaydi.

Shu bilan birga, to‘lovlar my.click.uz va m.click.uz saytlarda joylashgan “Shaxsiy kabinet” orqali ham o‘tkazilishlari mumkin. Smartfon egalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish va so‘rovlarga yanada tezroq ishlov berish maqsadida, CLICK kompaniyasi o‘z hamkorlari bilan birgalikda Android va iOS operatsion tizimlar uchun mahsus ilovalar ishlab chiqargan.

Taksiga buyurtma berish xizmatining telefon raqami: 1052

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq