Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida AKIB “Ipoteka-Bank” kreditlarini olish uchun ariza yuborish
21.05.2014
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Biznes vakillari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va qulayliklar yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, tadbirkorlarga AKIB “Ipoteka-Bank” kreditlarini olish uchun onlayn tarzda ariza yuborish imkoniyatini beruvchi yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar, “Barcha tashkilotlar” bo‘limida barcha banklar ichidan AKIB “Ipoteka-Bank” tanlaydilar va ushbu bank xizmatlari ichidan tegishli xizmatni tanlaydilar. Shundan so‘ng, portalda ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga asosan, to‘rt qadamda o‘zlarining onlayn arizalarini qoldirishlari mumkin.
Ushbu xizmat, hech shubxasiz, kredit olish jarayonini soddalashtirish, AKIB “Ipoteka-Bank” tomonidan tadbirkorlik subyektlarini kreditlash jarayonini tezlashtirish, hamda, banklar faoliyatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Portal yangiliklarini kuzatib boring va interaktiv xizmatlardan foydalaning.