O‘zEraeCable MChJ “Beeline Business”ning mijoziga aylandi
21.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Beeline Business (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) mamlakat avtosanoatida keng qo‘llaniladigan va eksport qilinadigan avtomobil simlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetuk korxona O‘zEraeCable MChJ uchun uyali aloqa xizmatlarini ta‘minlovchisi sifatida tanlandi.
Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning korporativ savdolarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko shunday dedi: ““Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi jo‘shqin va muvaffaqiyat bilan rivojlanmoqda, korxonalarning telekom-xizmatlarga ehtiyojlari o‘smoqda, va yanada ko‘p kompaniyalar o‘z aloqasini Beeline Business‘ga ishonmoqdalar.Har bir mijozga individual yondashish va innovatsiyalarni joriy qilish bu tanlovni aniq va foydali qilmoqda. Bu istiqbolli korxona bilan kelgusidagi hamkorligimizning kengayishiga umid qilaman”.
Manba: kompaniya press-relizi