Bo‘lg‘usi amaliyotchilar “Beeline”ning “Uchinchi avlod-2014” test sinovlaridan o‘tdilar
21.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) “Uchinchi avlod” amaliyotlar dasturi doirasida ikkinchi saralash bosqichi o‘tkazilganligi haqida xabar beradi. Talabalar 20 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (TATU) elektron kutubxona zalida test sinovlaridan o‘tdilar.

Saralash tanlovida MDIST, Halqaro Vestminster universiteti, Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Instituti, MDU, MTI, O‘zMU, Neft va Gaz RDU, TDTU, TATU, Turin Politexnika universiteti, TMI, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetining 77 ta talabasi ishtirok etdi.

Test sinovlari on-line rejimida o‘tkazilib, o‘z ichiga mantiq, axborotni tahlil qilish, shuningdek matematik masalalarni olgan edi. www.test-beeline.com manzilidagi maxsus ishlab chiqarilgan web-resurs yordamida darhol saralash tanlovidan so‘ng test sinovlari natijalarini olish mumkin.

beeline_21_05_2014

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Eng yaxshi nomzodlarni saralab olish haqiqatdan ham juda qiyin, lekin mutlaqo ochiq-oydin. Imtihonlarga innovatsion yondoshish “Beeline”ning zamonaviy, ochiq, vaqt bilan hamnafas telekom-operator mavqeini yana bir bor tasdiqlaydi. Ishonaman, bu bizga haqiqatdan ham kompaniyamizda amalitot o‘tash uchun eng iste’dodli va muvaffaqiyatli talabalarni tanlashga yordam beradi”.

Test sinovlari natijalari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan 16 ta eng yaxshi talaba xodimlarni saralash bo‘yicha mutaxassislar hamda bo‘lajak rahbarlar bilan suhbatga taklif qilinadi, undan so‘ng esa “Uchinchi avlod 2014” dasturining ishtirokchilari aniqlanadi. Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda “Beeline”da amaliyot o‘tash tijorat, texnik va IT-bo‘limlarida ochilgan.

“Beeline” “Uchinchi avlod” dasturini ilk bor besh yil avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-son Qarori bilan tasdiqlangan, O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish doirasida ishga tushirgan. Loyihaning maqsadi kompaniyada amaliyot o‘tash va istiqbolda ishga qabul qilish, shuningdek alohida murakkab hisoblangan bo‘sh ish o‘rinlari uchun professional zaxirani shakllantirishdan iborat.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq