“Beeline”dan CAMEL-rouming Vyetnamda kengaymoqda
20.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) xalqaro ovozli rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Endilikda CAMEL-rouming xizmati Vyetnamdagi Vinaphone hamkorlik tarmog‘ida amal qiladi.
“Biz abonentlarimizni innovatsion xizmatlar va sifatli aloqa bilan ta’minlashni davom etmoqdamiz, — deydi “Unitel”ning texnik direktori Denis Kotlyarenko. – Ham mamlakat ichida, ham chet elda “Beeline” abonentlari ish masalasi bo‘yicha yoki shaxsiy qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib, doimo aloqada bo‘ladilar. Bundan tashqari, hamkorlik tarmog‘ining kengayishi doimiy ravishda davom etmoqda”.
Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar — jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.
Manba: kompaniya press-relizi