“Beeline” o‘z abonentlari uchun zararli spam-saytlarni yopib qo‘ydi
20.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) mazmunida manzili o‘zgartirilgan zararli havola bo‘lgan SMS-spamning yangi tarqatilish hollari haqida ogohlantiradi. Bugun abonentlar quyidagi SMS olishmoqda: “Привeт! Тeбe фото: https://strofan.ru/……………/”

beeline_20_05_2014_1

Spam-hujumning mo‘ljali, o‘tkan haftadagi kabi, abonentning uyali moslamasiga zararli dasturni o‘rnatish va havfli havolani uning aloqa ro‘yhatidagi barcha xat oluvchilarga jo‘natish. Buning natijasida abonentlar shaxsiy ma’lumotlarini, pul mablag‘larini yo‘qotishlari, uyali moslamalariga zararli dasturni yuklab olishlari mumkin.

“Yana bir bor eslatib o‘tamiz, shunday SMS olingan vaziyatda, uni zudlik bilan o‘chirib tashlash, zinhor berilgan havolaga o‘tmaslik zarur, – deydi “Unitel”ning axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori Yevgeniy Kogay. – Bizning mutaxassislar zararli saytlarni yopib qo‘yish choralarini ko‘rdilar, shuning uchun “Beeline”ning uyali Internetidan foydalanuvchilar uchun havf yo‘q. Lekin, Wi-Fi tarmoqlari orqali zarar ko‘rish ehtimoli bor, shuning uchun ehtiyotkor bo‘lish zarur”.

Eslatib o‘tamiz, spam-tarqatilishi jarayonida qo‘llanilayotgan zararli dastur avvalom bor Android operatsion tizimida ishlaydigan moslamalar uchun havfli.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq