Raqs sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida “Beeline” Bosh homiy bo‘ldi
19.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) 17-18 may kunlari Toshkent Davlat axborot texnologiyalari universitetining sport maydonchasida bo‘lib o‘tgan raqs sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Bosh homiy bo‘ldi. Tadbir O‘zbekistonning manaviyat va sport vazirligi va Raqs sporti federatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi.
Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva shunday dedi: “Raqs sporti bo‘yicha mamlakat chempionati kabi katta sport bayramining Bosh homiysi bo‘lish – katta sharaf va jiddiy masuliyat. Avvalgi loyiha va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, yorqin tadbirlarni tashkillashtirishi “Beeline”ni tavsiya qildi. O‘ylaymanki, ham tomoshabinlar, ham ishtirokchilar unutilmas taassurotlar oldilar”.
Ushbu dam olish kunlari hakamlar hay’atining talabchan hakamligida o‘tgan chiqishlar ikki musobaqali kunga bo‘lindi. Turli yoshdagi raqs duetlari o‘zlarining eng yaxshi dasturlari bilan tomoshabinlarni lol qoldirdilar.
“Raqs sporti – bu yorqin chiqishlar va hissiyotlar, — deydi hakamlar hay’atining raisi Vasiliy Tsoy. — Ko‘p bolalar juda yosh bo‘lishiga qaramay yuksak mahoratga egalar. Bu yili “Beeline” chempionatimizni qo‘llab-quvvatlash istagini bildirganidan hursandmiz, shuning uchun bu kunlar barcha ishtirokchilar uchun kasbiy mavqelarida o‘ziga xos bo‘ldi”.
Manba: kompaniya press-relizi