Tabriklaymiz, baxtingiz bor ekan
18.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Boshlovchilarning «Tabriklaymiz, baxtingiz bor ekan!», — degan bayramona ovozlari yangramoqda. Ha, bu – Ucell dan «Baxting bor ekan» aksiyasi. 4 ta KIA Optima avtomobili, 20 millionlik 4 ta chek, 8 ta televizor, 8 ta planshet, 8 ta fotoapparat va 8 ta uyali aloqa telefonlari, Ucell abonentlarini joriy yilning 22 mayiga qadar xursand qilishda davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi aksiya aynan 22 mayda bo‘lib o‘tadi.

Bu gal aksiyaning hay‘at a‘zolari tarkibiga «Nihol» davlat mukofoti g‘oliblari Otabek Mutalho‘jayev va Madina Mumtoz kirdilar. Musiqiy kayfiyatni «Sharq gavhari» guruhi tomonidan ijro etilgan musiqalar yanada ko‘tardi.

Joriy yilning 15 mayiga kelib aksiya ishtirokchilari soni 1315227 ni tashkil etdi.

Bosh sovrin – 20 millionlik chek Xorazmlik abonentga nasib etdi hamda boshqa qimmatbahо sovrinlar o‘z egalarini topdilar. Sovrindorlar hay’at a’zolari tomonidan barabandan abonent raqami yozilgan kvitkalarni olish yo‘li bilan aniqlandi. O‘yinning haqqoniy ekanligini ta’minlash va go‘liblar tomonidan aytilgan raqamlarni tasdiqlashda Ucell kompaniyasining vakili yaqindan ko‘mak berdi.
Aksiyada ishtirok etuvchi abonentlar kelayotgan sovrinlar o‘yinida o‘z ishtiroklarini tekshirishlari uchun sovrinlar o‘yini bo‘lib o‘tadigan sanadan bevosita oldin keluvchi haftaning dushanbadan yakshanbasigacha bo‘lgan vaqt mobaynida *800# raqamiga USSD-so‘rov yuborib bilib olishlari mumkin.

*800# raqamiga USSD-so‘rov yuborish bepulligini eslatib o‘tamiz.

7 chi “Baxting bor ekan!” aksiyasining hay‘at tarkibi:
1. Aleksandr Suchkov – InfoCOM.UZ jurnalining tahririyat kengashi raisi;
2. Anar Aliyev – Ucell kompaniyasining ofislarda abonentlarga xizmat ko‘rsatish seksiyasi menejeri;
3. Madina Mumtoz – qo‘shiqchi, kino va teatr aktrisasi, «Nihol» davlat mukofoti sovrindori;
4. Otabek Mutalho‘jayev – qo‘shiqchi, «Nihol» davlat mukofoti sovrindori;
5. Diyor Obidov – Ucell kompaniyasining Iste‘molchilar segmentini rivojlantirish guruhi rahbari;
6. Irina Bondareva – davlat notariusi.

Yettinchi «Baxting bor ekan!» aksiyasining sovrindorlari:

Sovrin
Sovrindor abonentning abonent raqami
1
Samsung NX300 fotokamerasi
99894xxx2035
2
Samsung Galaxy S4 Smartfoni
99893xxx5676
3
 Samsung Galaxy Tab 3 plansheti
99894xxx6367
4
Samsung Smart TV televizori
99894xxx6367
5
20 million so‘m
99894xxx6367

«Baxting bor ekan!» aksiyasi o‘z nihoyasiga yetmoqda. Payshanba kuni superyutuq – oxirgi KIA Optima avtomobili o‘ynaladi.

«Yoshlar» telekanali orqali har payshanba, kechki soat 20.20 da efirga uzatiluvchi «Baxting bor ekan!» aksiyasining oxirgi 8 chi o‘yinini o‘tkazib yubormang.

Ucell dan «Baxting bor ekan!» aksiyasi. Endi shartlar oson — sovg‘alar esa yanada ko‘proq!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq